Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun ma’muriy qamoq jazosi joriy qilinadi
Daraxtlarni noqonuniy kesganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Ushbu qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Daraxtlarni, butalarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, shikastlantirish yoki boshqa joyga ko‘chirish uchun belgilangan jarima miqdori 5 baravarga oshirilmoqda.
Jumladan, ushbu huquqbuzarlik uchun fuqarolar BHM 25 baravaridan 50 baravarigacha — 8,5 million so‘mdan 17 million so‘mgacha (amalda 5 baravaridan 10 baravarigacha), mansabdorlar esa BHM 50 baravaridan 75 baravarigacha — 17 million so‘mdan 25,5 million so‘mgacha (amalda 10 baravardan 15 baravargacha) jarimaga tortiladi.
Ushbu huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda jarima miqdori fuqarolarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigacha (17 milliondan 25,5 milliongacha) mansabdor shaxslarga esa 75 baravaridan 100 baravarigacha (25,5 milliondan 34 milliongacha) oshirish yoki huquqbuzarga nisbatan 15 sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy qamoqqa olish jazo chorasi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, daraxt va butalarning qimmatbaho turlarini kesish yoki yo‘q qilishga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uchun mansabdor shaxslarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigacha miqdorda jarima shaklidagi ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda.
Qonun bilan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunga ham qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, yo‘q qilganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan BHM 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi belgilanmoqda (34 million so‘mdan 102 million so‘mgacha).
Shuningdek, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs har bir daraxt va buta o‘rniga qimmatbaholigi jihatidan kam bo‘lmagan 100 tup daraxt va buta ko‘chatini aynan shu joyga o‘z hisobidan ekishi hamda ularni 3 yil davomida parvarish qilishi shartligi belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoyda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba o‘tkazildi
Fan-texnika | 02:08
-
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Jahon | 01:36
-
Fransiya Janubiy Amerika junglilarida qattiq tartibli qamoqxona quradi
Jahon | 23:27 / 18.05.2025
-
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi
Jahon | 23:13 / 18.05.2025
Mavzuga oid

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi

10:04 / 16.03.2025
Toshkentda mingdan ortiq qush va cho‘l toshbaqalari noqonuniy sotilayotgani aniqlandi

21:27 / 12.03.2025