Xitoylik olimlar Şinjon-Uyğur mintaqasida dronlar yordamida sun’iy yomğir yoğdirişga muvaffaq böldi. Ular kumuş yodid moddasidan foydalangan holda 70 ming metr kub suv miqdoridagi yoğingarçilikni hosil qildi — bu taxminan 30 ta Olimpiya suziş havzasiga teng.
Qayd etilişiça, tajriba ikki turdagi dronlar yordamida Tyan-Şan toğlari etagida joylaşgan Bayanbuloq yaylovlari ustida ötkazilgan. Ular 5 ming metr balandlikda harakatlanib, har biri 125 gramm bölgan kumuş yodid kukunlarini purkagan. Umumiy sarf — 997 gramm, purkaş tezligi esa soniyasiga 28 grammni taşkil etgan.
Kimyoviy modda miqdori kiçik bölişiga qaramay, tajriba kutilganidan yuqori natija bergan: qöşimça yoğingarçilik 8 ming kilometr kvadrat maydonda kuzatilgan. Olimlarning ta’kidlaşiça, bunga bulut qatlamlariga aniq ta’sir ötkaza oliş orqali erişilgan — bu ilgari texnik jihatdan qiyin deb hisoblanardi.
Tajriba Xitoy meteorologiya boşqarmasining Bulutlar çökişi va ob-havoni modifikatsiya qiliş fizika laboratoriyasi hamda Şinjon ob-havoni özgartiriş boşqarmasi tomonidan ötkazilgan. Natijalar uç usulda baholangan: yomğir tomçilarini ölçaş, 50 yillik iqlim statistikasi tahlili va modellaştiriş orqali. Barça usullar yoğingarçilik 3,8–4,3 foizga oşganini körsatgan.
Kumuş yodid bilan bulutlarga ta’sir körsatiş texnologiyasi XX asr örtalaridan beri mavjud, ammo dronlardan foydalaniş aniqlikni oşirib, ekologik xavflarni kamaytirdi. Tadqiqot mualliflaridan biri Li Binning sözlariga köra, tajriba bu texnologiyaning qurğoqçilikka qarşi kuraş va iqlim özgarişlariga moslaşuvida katta salohiyatga ega ekanini körsatgan.
Şinjon mintaqasida yillik yoğingarçilik atigi 150 millimetrdan oşmasligi hisobga olinadigan bölsa, uşbu texnologiya suv va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaşda muhim vositaga aylanişi mumkin.












