Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusda yong‘in chiqdi
Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi.
20 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘ldi.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, hodisa soat 20:00 da 151-sonli Mercedes-Benz (2008 yilda ishlab chiqarilgan) Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi Kimyo instituti binosi qarshisida harakatlanayotgan vaqtda ro‘y bergan.
Avtobusda yuqori bosimli havo quvuri yorilishi tufayli qisqa tutashuv yuzaga kelgan. Haydovchi tutunni o‘chirish uchun dastlabki choralarni ko‘rishiga qaramay, qisqa tutashuv alangaga aylangan. Voqea joyiga FVV yong‘in qutqaruv bo‘linmasi tezkor guruhi chaqirilib, yong‘in tez fursatda bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q, avtobusning dvigatel qismiga zarar yetgan.
Mavzuga oid
10:05 / 22.06.2026
Yozgi issiqda avtobuslarda konditsionerlar ishi tekshirilmoqda
08:51 / 22.06.2026
Toshkentda avtobuslar uchun ajratilgan yo‘laklarga deliniatorlar o‘rnatilmoqda
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026