Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yashash xonadonida 25 mln so‘mlik pirotexnikalarni saqlab kelgan ayol aniqlandi
Farg‘ona tumanida yashash xonadonida pirotexnika vositalarini saqlab kelgan ayolga chora ko‘rildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona tumani IIB xodimlari tomonidan «Navro‘z» MFYda yashovchi M.R.ning (ayol) yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida ayolning yashash xonadoni hovlisida umumiy bahosi 25 million so‘m bo‘lgan 112 dona «7 SHOTS» nomli pirotexnika vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Holat yuzasidan M.R.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185-moddasi 1-qismiga (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) asosan chora ko‘rishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudiga yuborilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 13.07.2026
So‘xga muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
09:00 / 08.07.2026
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:25 / 17.06.2026