Hindistonga operatsiya uchun borgan o‘zbekistonlikning 16 ming dollari o‘g‘irlab ketildi
O‘zbekiston elchixonasi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Hindistonda buyrak ko‘chirish amaliyotini o‘tkazish uchun kelgan o‘zbekistonlikning 16 ming dollari o‘g‘irlab ketildi. «Dunyo» AA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.
Hindistonning Press Trust of India axborot agentligi ushbu mamlakatning Gurugram (Gurgaon) shahrida politsiya kiyimida bo‘lgan bir guruh shaxslar o‘zbekistonlik fuqaro pulini o‘marib ketgani haqida ma’lumot tarqatdi.
23 dekabr kuni soat 21:00 atrofida mehmonxonaga qaytib kelayotgan uch nafar aka-ukani o‘zini politsiyachi sifatida tanishtirgan shaxslar go‘yoki hujjatlarni tekshirish bahonasida to‘xtatgan. Sumkalarni ko‘zdan kechirish jarayonida 16 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab, qochib ketgan.
O‘zini B.S. deb tanishtirgan O‘zbekiston fuqarosi Gurugram shahrida joylashgan Artemis shifoxonasiga buyrak ko‘chirish amaliyotini o‘tkazish uchun kelgan bo‘lgan. U voqea yuzasidan mahalliy politsiya idorasiga murojaat qilgan.
Hozir Gurugram shahrining 53-sektori politsiya bo‘limi tomonidan jinoyat qonunchiligining 379A (tortib olish orqali o‘g‘rilik), 419 (o‘zini boshqa kishi deb tanishtirish yo‘li bilan aldash) va boshqa moddalari bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Elchixona tomonidan Hindiston TIV va boshqa rasmiy idoralar bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazilib, vaziyat nazoratga olingan.
Diplomatik missiya vatandoshlarni Hindistonga turli maqsadlar, jumladan, tibbiy muolaja olish niyatida kelish paytida turli shubhali guruh yoki shaxslarning gaplariga ishonib qolmaslik, ayniqsa, moliyaviy masalalar bilan bog‘liq vaziyatlarda shaxsiy xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish, yirik miqdordagi naqd pul ishlatmaslik, bank kartalaridan yoki pul o‘tkazish amaliyotidan keng foydalanishga chaqiradi.
Mavzuga oid
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
00:00 / 29.10.2024