Toşkent havosi kundan kunga yomonlaşib borayotgani tufayli poytaxtimiz vaqti-vaqti bilan sayyoramizning eng havosi iflos va salomatlik uçun zararli şaharlari qatorida tilga olinadigan böldi. Ayrim kunlarda PM2.5 mitti zarralari miqdori ruxsat etilganidan 45-50 barobargaça oşib ketmoqda. Avto tutunlari, CO2 darajasi me’yordan 4,4 barobar oşgan. Bu esa odamlarni, ayniqsa yoş bolalarni tuzalmas dardlarga mubtalo qilişi tayin. Umr köriş qisqaradi. Nahotki Toşkentimizni boy berdik?
Masalan, Toşkent şahrida 21 dekabr kuni PM2.5 zarraçalarining ruxsat etilgan çegaraviy miqdori 57 barobarga ösgan. Fan PM2.5 saraton va astmaga olib kelişini isbotlagan.
UzHydroMet ma’lumotlariga köra, 17 dekabr kuni Toşkent şahrining havosida kiçik dispersli PM10 zarraçalarining maksimal tarkibi 241 mkg/m3 ni, PM2.5 mitti zarralarining tarkibi esa 211 mkg/m3 ni taşkil etgan. Bu JSST tavsiyalaridan 43 barobarga köp degani. Uglerod oksidi (is gazi) ning maksimal tarkibi 6,2 mkg/m3 ni taşkil etgan va bu ruxsat etilganidan 1,4 barobar köp.
Bu zarralar içida eng xavflisi aynan PM2.5 mitti zarralaridir.
Özi PM2.5 nimani bildiradi?
PM2.5 zarraçalari konsentratsiyasi havo sifatini va uning inson salomatligiga xavf solişi baholaşda işlatilagan asosiy parametr hisoblanadi. Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining me’yorlariga köra, PM2.5ning örtaça yillik darajasi 10 mkg/m3dan, örtaça sutkalik darajasi esa 25 mkg/m3 dan oşmasligi kerak.

PM kiçik dispersli zarralar havo ifloslanişining asosiy manbasi hisoblanadi. Kelib çiqişiga köra PM2.5 sun’iy va tabiiyga bölinadi:
Sun’iy zarralar (inson iştirokida yaratilgan) — eng asosiy manba transport hisoblanadi. Bularga içki yonuv dvigatellari, qattiq yoqilği (kömir, qönğir kömir, neft mahsulotlari, mazut) yoquvçi sanoat jarayonlari, quriliş, foydali qazilmalar qazib oliş, köplab işlab çiqariş jarayonlari (ayniqsa sement, keramika mahsulotlari, ğişt, metall eritiş), şaharlarda yöl qoplamasining erroziyasi, tormoz kolodkalari va şinalarning yemirilişi ham manba böladi. Qişloq xöjaligida esa ammiakdan ikkilamçi PM2.5 zarralari hosil bölişi mumkin.
Tabiiy zarralar — qurğoqçilik kuzatilayotgan hududlarda tuproqning erroziyasi va organik buğlanişlar.
















