Monitoring ma’lumotlariga köra:

  • RM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori 225 mkg/m³ ni taşkil etgan. Bu körsatkiç ruxsat etilgan me’yor (300 mkg/m³) dan oşmagan;
  • RM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori esa 142 mkg/m³ darajada qayd etilgan bölib, ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 2,4 marta yuqori.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratining keskin özgarişi ham ta’sir körsatgan. Haroratning özgarişi natijasida atmosferada inversiya jarayoni yuzaga keladi, bu esa mayda zarraçalarning havo qavatida töplanişi va ularning konsentratsiyasi oşişiga sabab böladi.

Şu munosabat bilan, ayniqsa nafas yöllari xastaligi bor aholi qatlamiga imkon qadar oçiq havoda uzoq vaqt yurmaslik, niqob taqiş va zarurat bölganda mutaxassislar tavsiyalariga amal qiliş tavsiya etiladi.