Atmosfera havosi ifloslanişini monitoring qiliş böyiça avtomatik stansiyalar 2025 yil 28 noyabr kuni soat 09:00 da Toşkent şahri havo sifati körsatkiçlarini yangiladi.
Ma’lumotlarga köra:
- RM10 mayda dispersli zarraçalar miqdori 166 mkg/m³ ni taşkil etdi va ruxsat etilgan me’yor – 300 mkg/m³ dan oşmadi;
- RM2,5 mayda dispersli zarraçalar miqdori esa 99,5 mkg/m³ darajada qayd etildi, bu belgilangan me’yor – 60 mkg/m³ dan 1,6 marta yuqoridir.
Ta’kidlanişiça, körsatkiçlarning oşişiga havo haroratidagi keskin özgariş ham ta’sir körsatmoqda. Haroratning tez özgarişi natijasida atmosferada inversiya jarayoni yuzaga keladi. Bu esa havoning pastki qatlamlarida mayda zarraçalar töplanişiga, ularning atmosfera havosidagi konsentratsiyasi oşişiga sabab böladi.
Mutaxassislar aholidan bunday kunlarda, ayniqsa, yurak-qon tomir va nafas yöllari xastaligi bor şaxslardan imkoni boriça oçiq havoda uzoq vaqt qolmaslikni, jismoniy yuklamalarni çeklaşni va ehtiyojga qarab himoya niqoblaridan foydalanişni tavsiya etmoqda.
Toşkent şahri atmosfera havosi holati böyiça monitoring işlari davom ettirilmoqda.













