Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
31 dekabr kuni Toshkentda avtobuslar ham soat 01:00 gacha ishlaydi
Poytaxtda avtobuslar ham 31 dekabr kuni metropoliten kabi soat 01:00 gacha ishlaydi.
Foto: Kun.uz
31 dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlarining ish vaqti 1 yanvar soat 01:00 ga qadar uzaytirildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabar berdi.
Poytaxtda tadbirlar o‘tkaziladigan 18 ta manzilga olib boruvchi avtobus yo‘nalishlari ham e’lon qilingan.
«Toshshahartransxizmat» shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi.
Bundan oldin «Toshkent metropoliteni» ma’muriyati Toshkent metrosi dam olish kunlari qay tartibda ishlashi to‘g‘risida ma’lumot bergandi.
2023 yil 31 dekabr, yakshanba - dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida amalga oshiriladi.
Ish vaqtining tugashi 1 soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31 dekabr soat 05:00 dan 1 yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023 yil 30 dekabr, 2024 yil 1-2 yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.
Mavzuga oid
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026