Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil mahbus almashish haqidagi HAMAS taklifini qabul qilmadi
Muzokaralar to‘liq to‘xtatilmadi, ammo jiddiy siljish yo‘q ekani aytilmoqda.
HAMAS Isroilga Qatar va Misr vositachilari orqali garovdagilar va mahbuslarni almashish bo‘yicha yangi kelishuv taklif qildi, biroq Tel-Aviv buni rad etdi. Bu haqda Isroil matbuotiga tayanib, Anadolu yozdi.
Qayd qilinishicha, HAMAS rejasi uch bosqichda amalga oshirilishini ko‘zda tutgan. Birinchisida Isroil qamaldagi G‘azo sektoridan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashi va 40 nafar mahbusni ozod qilishi kerak edi. Rejaning to‘liq amalga oshirilishi G‘azoda asirga olingan isroillik harbiy xizmatchilarning ozod qilinishini va «urushning tugashini» o‘z ichiga olgan.
Nashrning yozishicha, Isroil harbiy vazirlar mahkamasi HAMAS taklifini ko‘rib chiqib, uni rad etishga qaror qilgan va vositachilardan «maqbulroq takliflar» bildirishni so‘ragan. Muzokaralar to‘liq to‘xtatilmadi, ammo jiddiy siljish yo‘q, deyiladi xabarda.
24 noyabr kuni G‘azoda e’lon qilingan «gumanitar pauza» doirasida 81 nafar isroillik askar 240 nafar falastinlik mahbus evaziga ozod qilingan edi. Tel-Aviv yana 129 nafar isroillik G‘azoda garovda qolayotganini da’vo qilmoqda.
Isroil tomoni mahbuslarni almashish kelishuvi doirasida «gumanitar pauza» taklif qilmoqda, biroq, HAMAS hujumlar butunlay to‘xtatilishi kerak bo‘lgan otashkesimni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
19:23 / 16.06.2026
AQSh-Eron kelishuvi Netanyahu va Tramp o‘rtasida kelishmovchilikka olib kelmoqda
18:52 / 16.06.2026
AQSh va Eron kelishuvi. Nimalar ma’lum?
17:05 / 16.06.2026