Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 11 mln so‘m evaziga haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
U fuqarolardan biriga shu pul evaziga o‘quv-mashg‘ulotlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda fuqaro R.O‘. fuqaro O‘.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida o‘quv-mashg‘ulotlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 11 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.