Ramzon Qodirov asirga olingan ukrainaliklar evaziga oilasi va otlaridan sanksiyalarni olib tashlashni so‘radi
U sanksiyalar olib tashlanishi evaziga 20 nafar ukrainalik asirni ozod qilishini aytdi.

Foto: RIA Novosti
Rossiya tarkibiga kiruvchi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov asirga olingan ukrainalik askarlarni ozod qilish evaziga, oila a’zolari va otlariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni olib tashlashni taklif qildi.
Bu haqda u Grozniyga kelgan sobiq amerikalik razvedka xodimi va Iroq ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilish jarayonini nazorat qilish bo‘yicha BMT sobiq inspektori Skott Ritter bilan uchrashuvda aytdi.
«Bizda Donetsk va Luganskda qo‘lga olingan asirlar bor. Men mehmonimizga [harbiy asirlar ro‘yxatini] beraman. Agar ular mendan emas, balki begunoh odamlar - onamdan, qizlarimdan, shuningdek, otlarimdan sanksiyalarni olib tashlasa, u holda biz bu asirlardan voz kechamiz», dedi Qodirov.
Ritterga asirga olingan ukrainaliklarning videosi ham namoyish etilgan. Unda asirlardan biri Qodirovning qarindoshlari, samolyotlari va otlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishni, buning evaziga 20 nafar asir ozod etilishini aytgan.
«Agar siz ushbu shartlarni bajarsangiz, 20 nafar ukrainalik askar o‘z uyiga qaytadi», dedi videoda harbiy asirlardan biri.
2023 yil 24 avgust kuni AQSh Ramzon Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Shundan so‘ng Qodirov ijtimoiy tarmoqda onasi «faqat xayriya faoliyati bilan shug‘ullanayotgani», buni «butun dunyo bilishini» aytib, videomurojaatni joyladi. Shuningdek, sanksiya olib tashlanmasa, «kechirmasligi» bilan tahdid qildi va «qo‘lidan kelgan hamma ishni qilishini» aytdi.
2022 yil 15 sentabrda Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi urush tufayli Qodirovning o‘ziga, shuningdek, uning uch xotini va uch qiziga qarshi sanksiyalar kiritdi. AQSh rasmiylari Qodirovni qiynoqlar va qotilliklarga aloqador «shafqatsiz qo‘mondon» deb atagan. AQSh Moliya vazirligi, shuningdek, u chechenlarni Ukrainadagi urushga safarbar qilishda ishtirok etganini va Buchada chechen jangchilari ishlaganini ta’kidlagan.
Mavzuga oid

23:40 / 12.06.2025
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi

21:34 / 12.06.2025
Rossiya may oyida Ukrainada deyarli rekord darajada ko‘p hududni egalladi – WSJ

17:51 / 12.06.2025
«O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasidan so‘ng Rossiya bombardimonchi samolyotlarini Uzoq Sharqqa ko‘chirdi

15:00 / 12.06.2025