Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Go‘dak farzandiga azob bergan erkak qamoqda saqlanmoqda - Bolalar ombudsmani
Uning garov evaziga hibsdan ozod etilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga zidligi ta’kidlanmoqda.
Go‘dak farzandiga nisbatan turli shakldagi qiynash va uning hayotini xavfga soluvchi harakatlar qilgan erkak qamoqda saqlanmoqda. Uning garov evaziga hibsdan ozod etilgani haqida ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlar haqiqatga zid. Bu haqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.
Qayd qilinishicha, erkakka nisbatan Jizzax shahar IIB tomonidan 2023 yil 21 dekabr kuni Jinoyat Kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi «a,b» bandlari, 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismiga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U protsessual tartibida ushlanib, hibsda saqlanmoqda.
Shu bilan birga, erkak tomonidan bolaning onasiga muttasil tazyiq o‘tkazilgani inobatga olinib, 2023 yil 28 dekabrda onaga himoya orderi berilgan hamda uning va voyaga yetmagan farzandining xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 06.05.2026
Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi
23:27 / 29.04.2026
Ohangarondagi 14 yoshli qiz bilan bog‘liq holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026