Sun’iy intellekt (SI)ga asoslangan dezinformatsiya orqali saylov natijalariga ta’sir qiliş keyingi ikki yil içida eng katta global xavflardan biriga aylanadi. «Notöğri ma’lumot va dezinformatsiya qisqa muddatli eng katta xavf hisoblanadi, şu bilan birga, ekstremal ob-havo va Yer tizimlaridagi jiddiy özgarişlar uzoq muddatli eng jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi», deyiladi Davosda Jahon iqtisodiy forumi oçilişiga töğri kelgan va 10 yanvar, çorşanba kuni e’lon qilingan 2024 yilgi The Global Risks Report 2024 hisobotida. 

«Dezinformatsiyadan keng foydalaniş, şuningdek, uni tarqatiş vositalari yangi saylangan hukumatlarning qonuniyligiga putur yetkazişi mumkin», deydi ekspertlar. Ular keyingi ikki yil içida AQŞ, Rossiya, Hindiston, Indoneziya, Meksika va Buyuk Britaniya kabi bir qator yirik global iqtisodlarda saylovlar kutilayotganini eslatdi. Dunyo böylab deyarli uç milliard odam ovoz berişda iştirok etişi mumkin. 

Hisobot mualliflari özi ötkazgan global sörovga asoslanib, şuningdek, dunyoni yaşaş narxi, qator qurolli töqnaşuvlar va jamiyatning siyosiy qutblaşuvidan xavotirda ekanini qayd etgan. Jahon iqtisodiy forumi rahbarlaridan biri Saadiya Zohidiy ta’kidlaganidek, davlat va hukumat rahbarlari «qisqa muddatli inqirozlarni yengib ötiş va yanada barqaror, inklyuziv kelajak uçun poydevor yaratiş» uçun uçraşişi kerak. 

Ukraina, Ğazo va Tayvan atrofidagi mojarolar 

Hisobotda ta’kidlanişiça, kelgusi ikki yil içida global kuçlarning e’tibori va resurslari, ehtimol, uçta yirik inqiroz – Ukrainadagi uruş, Ğazo sektoridagi mojaro va Tayvan böyiça keskinlikka qaratiladi. «Uşbu mojarolarning har qanday kuçayişi global ta’minot zanjirlari, moliyaviy bozorlar, xavfsizlik dinamikasi va siyosiy barqarorlikni tubdan buzişi mumkin, bu butun dunyo böylab odamlarning xavfsizlik tuyğusiga tahdid soladi», deb ta’kidlaydi sörov mualliflari. 

Ularning qayd etişiça, uçala mojaro ham yirik davlatlarning manfaatlariga ega bölgan geosiyosiy çegaralar çorrahasida joylaşgan – Yaqin Şarqdagi neft va savdo yöllari, Şarqiy Yevropada barqarorlik va kuçlar muvozanati hamda Şarqiy Osiyodagi yuqori texnologiyali ta’minot zanjirlari. 

«Ularning har biri yanada kengroq mintaqaviy beqarorlikni keltirib çiqarişi, yirik davlatlarni töğridan töğri mojaroga tortişi va inqirozning yanada kuçayişiga sabab bölişi mumkin. Har uçala mojaro ham yadro quroliga ega davlatlar bilan bevosita boğliq», - deya eslatadi ekspertlar.