Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Lacetti bilan to‘qnashgan Lada Vesta ag‘darilib ketdi
Ahmad Yugnakiy ko‘chasida Lacetti ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Lada Vesta'ga yo‘l bermasligi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti va Lada Vesta avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YTH haqida ma’lumot taqdim etdi.
2024 yil 11 yanvar kuni soat 09:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Ahmad Yugnakiy ko‘chasida Lacetti rusumli avtomashinasi ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanib, asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Lada Vesta rusumli avtomashinasiga yo‘l bermasligi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.


Natijada Lada Vesta transport vositasi ag‘darilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yuq.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026