Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyaning Rossiya bilan chegarasi yana bir oy yopiq qoladi
Finlandiyaning sharqiy chegarasi 11 fevralgacha yopiq bo‘ladi. Helsinkidagi ichki ishlar vazirligi buni milliy xavfsizlik talablari bilan izohladi.
Helsinki Rossiya bilan sharqiy chegarasini yopish muddatini yana bir oyga, 11 fevralga qadar uzaytirmoqda. Bu haqda Finlandiya ichki ishlar vaziri Mari Rantanen 11 yanvar, payshanba kuni ma’lum qildi. Finlandiya ichki ishlar vaziri Mari Rantanen bu qaror milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan kelib chiqib qabul qilinganini tushuntirdi. «Milliy xavfsizlik Finlandiya uchun hal qiluvchi masala bo‘lib qolmoqda», - deya Rantanen so‘zlaridan iqtibos keltirgan Yle teleradiokompaniyasi.
Ichki ishlar vazirligi rahbari chegaraning yopilishi Finlandiyada yashovchi rossiyaliklar va ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxslarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini tan oldi, biroq boshpana izlovchilar bilan chegaradagi vaziyat o‘zgarmaganini va «gibrid ta’siri tahdidi» saqlanib qolayotganini ta’kidladi.
Rossiya bilan chegara qulflangan
Finlandiyaning sharqiy chegarasidagi chegara o‘tkazish punktlari 2023 yil dekabr oyi o‘rtalaridan boshlab yopilgan. Noyabr oyi o‘rtalarida tegishli hujjatlari bo‘lmagan boshpana izlovchilar oqimi tufayli dastlabki nazorat punktlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Finlandiya Rossiyani muhojirlar oqimini tashkillashtirishda aybladi. Boshpana izlovchilar oqimi kamaymaganligi sababli, noyabr oyi oxirida Rossiya Federatsiyasi bilan barcha chegara punktlari yopildi.
14 dekabr kuni Finlandiya ikkita nazorat-o‘tkazish punkti - «Vaalima» va «Niirala» (Rossiya tomonida - Leningrad viloyatidagi «Torfyanovka» va «Brusnichnoye») ishini tiklashga harakat qildi, ammo birinchi kuniyoq 100 dan ortiq boshpana izlovchilar Rossiyadan kirib keldi va Finlandiya hukumati butun sharqiy chegarani yana bir oyga, 14 yanvargacha yopdi. O‘shanda ichki ishlar vaziri Rantanen Finlandiyaga noqonuniy ravishda kirishga urinayotgan odamlar oqimi to‘xtagandagina vaziyat normallashishini aytdi.
Rossiya Helsinkining ayblovlarini rad etdi. Kremlning ta’kidlashicha, chegara punktlaridan qonuniy huquqqa ega bo‘lganlar foydalanadi va Rossiya chegarachilari rasmiy ko‘rsatmalarga to‘liq amal qilyapti.
Mavzuga oid
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
14:54 / 28.01.2026