Samsung kompaniyasi 17 yanvar kuni Galaxy Unpacked tadbirida yangi Galaxy S24 flagman smartfonlari seriyasini taqdim etdi. Marosim kompaniyaning YouTube kanalida namoyish etildi.

Yangi smartfonlar qatoriga Galaxy S24, Galaxy S24+ va Galaxy S24 Ultra kiradi.

Galaxy S24

Qurilma 6,2 dyuymli, 1080x2340 pikselli, 120 Gs chastotali, FHD+ qo‘llab-quvvatlovchi va 2600 nit yorqinlikdagi AMOLED ekranga ega. Uning yuqori yarmida 12 MP old kamera uchun “o” shaklidagi kesma mavjud.

Modelda uchta asosiy kamera mavjud: asosiy modul 50 MP, 3x optik zum telefoto linzalari 10 MP, ultra keng burchakli modul esa 12 MP. Fotosurat sifatini yaxshilash uchun AI Zoom va Galaxy AI algoritmlari qo‘llanadi.

Galaxy S24 4000 mA•s quvvatli akkumulyator bilan jihozlangan. 25 W simli zaryadlash, 15 W simsiz zaryadlash va 4,5 W teskari zaryadlash rejimi mavjud. Taxminan 30 daqiqada 50 foizgacha quvvatlanadi. Qurilma IP68 standartiga muvofiq namlik va changdan himoyalangan.

O‘lchamlar – 70,6 x 147 x 7,6 mm, vazni – 168 gramm.

Barcha versiyalarda operativ xotira 8 GB, doimiy xotira esa 128 GB dan 512 GB gacha. Smartfon Snapdragon 8 Gen3 protsessori bilan jihozlangan. Uning maksimal tezligi soatiga 3,3 gigagersgacha.

Notes, Voice Recorder va Keyboard ilovalari audio transkripsiya va matnni tahrirlash uchun bulut orqali Google Gemini Pro modelidan foydalanadi.

Galaxy S24+

Galaxy S24+ modeli asosiy smartfondan 6,7 dyuymli ekran va 4900 mA•s batareyaga egaligi bilan farq qiladi. Barcha versiyalarda operativ xotira 12 GB, doimiy xotira esa 256 GB dan 512 GB gacha bo‘lishi mumkin.

Modelda uchta asosiy kamera mavjud: asosiy modul 50 MP, 3x optik zum telefoto linzalari 10 MP, ultra keng burchakli modul esa 12 MP. Tezkor, simli va teskari zaryadlash rejimlari mavjud bo‘lib, taxminan 30 daqiqada 68 foizgacha quvvatlanadi. O‘lchamlari – 75.9 x 158.5 x 7.7 mm, vazni – 197 gramm.

Galaxy S24 va S24+ qo‘ng‘iroqlar uchun real vaqtda sun’iy intellekt tarjimasini qo‘llab-quvvatlaydi va 13 ta til bilan ishlaydi.