Eng qiziği şundaki, bunday katta batareyaga qaramay, Honor Win qalin yoki oğir körinmaydi. GSMArena jurnalistlarining aytişiça, u kiçikroq batareyali geyming telefonlardan deyarli farq qilmaydi. Qölda uşlaganda noqulaylik sezilmaydi.

Içida flagman Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori işlaydi. Kuçli çip qizib ketmasligi uçun korpus içiga kiçik ventilyator joylaştirilgan. Şu bilan birga, smartfon IP69K standarti böyiça suv va çangdan himoyalangan.

Honor kompaniyasi qurilma testlarda 4,4 million ball olişini da’vo qilmoqda. Bu hozirça mustaqil tekşirilmagan, ammo körsatkiç juda jiddiy. Smartfon 16 GB LPDDR5X tezkor xotira va UFS 4.1 içki xotira bilan jihozlangan.

Geyming smartfon bölsa ham, Honor Win kamera masalasini e’tiborsiz qoldirmagan. Qurilmada uçta kamera bor va ulardan biri 3 karra optik zumga ega telekamera hisoblanadi. Bu öyin telefonlari orasida kam uçraydigan yeçim.

Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.