Xitoyning Honor kompaniyasi WIN turkumidagi smartfonlarini taqdim etdi. Bu haqda kompaniyaning Weibo tarmoğidagi blogida xabar qilindi.
Turkumdan WIN va WIN RT modellari örin olgan.
Gadjetlarning öziga xosligi ularning 10 000 milliamper-soat siğimli batareyaga egaligidir. Ulkan akkumulyatorga qaramasdan, devayslarning qalinligi 8,3 millimetrni taşkil etadi.
Smartfonlar 100 vattli quvvatlagiçdan quvvat oladi va quvvati bir neça kunga yetadi.
Har ikki qurilmaga Ultra Fan kuleri örnatilgan bölib, u gadjetning orqa tomonida joylaşgan. Honor WIN Snapdragon 8 Elite Gen 5, WIN RT Snapdragon 8 Elite protsessorida işlaydi. Smartfonlar 12 gigabayt tezkor va 256 gigabayt doimiy xotiraga ega, ekrani 6,83-dyuymga teng.
WIN modeli 50 megapikselli asosiy kamera, 50 megapikselli keng burçakli obektiv va 50 megapikselli teleobektiv bilan jihozlangan. WIN RT teleobektivsiz çiqarilgan. Honor WIN narxi 3999 yuandan (570 dollar), WIN RT 2699 yuandan (385 dollar)dan boşlanadi.








