O‘zbekiston | 15:08 / 19.01.2024
2066
1 daqiqa o‘qiladi

«Xitoy-Qirg‘iston-O‘zbekiston» yo‘nalishida multimodal tashuvlar hajmi oshiriladi

Joriy yilning 14 yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Transport vazirligi, «Temiryo‘lkargo» AJ hamda Xitoyning Jiayou International kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: O‘zbekiston Transport vazirligi

Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan Jiayou International dunyoning 60 dan ortiq mamlakatlarida o‘zining vakolatxonalariga ega bo‘lib, multimodal yuk tashuvlari, aqlli ombor xizmatlari, logistika ta’minot zanjiri yo‘nalishlarida o‘z faoliyatini olib boradi.

Uchrashuvda Jiayou International kompaniyasi raisi Meng Lian, Transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov, «Temiryo‘lkargo» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Oybek Jabborov ishtirok etdi.

Tomonlar «Xitoy-Qirg‘iston-O‘zbekiston» yo‘nalishida multimodal tashuvlar hajmini oshirish, logistika markazlarida yuk omborlari boshqaruvida informatsion texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama etdi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha «Temiryo‘lkargo» AJ va Jiayou International o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid