IMEI’ni noqonuniy o‘zgartirish va nusxalashga javobgarlik belgilandi
Mazkur huquqbuzarliklarni sodir etganlar qariyb 7 mln so‘mgacha jarimaga tortiladi hamda qurilmalari musodara qilinadi.

Foto: androidcentral.com
19 yanvar kuni prezident tomonidan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini (IMEI) yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirish bo‘yicha javobgarlikni belgilovchi modda kiritildi.
Kodeksning 155-3-moddasi bilan IMEI kodni ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz o‘zgartirish, shuningdek bu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 barobaridan (5,1 mln so‘m) 20 barobarigacha (6,8 mln so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz o‘zgartirish yoki uning nusxasini yaratish BHMning 20 barobarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yuqoridagi har ikki holatda huquqbuzarlik sodir etilgan qurilma musodara qilinadi. Mazkur o‘zgartirishlar qonun kuchga kirgan kundan uch oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa uchta muammo iskanjasida qoldi - Rabbimov
Jahon | 21:00
-
Andijondagi masjidda sodir bo‘lgan portlash yuzasidan hukumat komissiyasi tuzildi
O‘zbekiston | 20:57
-
KXDR ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar tufayli turizmni chekladi - OAV
Jahon | 20:55
-
Litvadagi o‘quv mashg‘ulotlarida bedarak yo‘qolgan uch nafar amerikalik harbiyning jasadi topildi
Jahon | 20:53
Mavzuga oid

18:08 / 17.03.2025
Avtobus yo‘lagida harakatlanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

19:28 / 06.03.2025
Sud faoliyatiga aralashganlar uchun javobgarlik qattiq bo‘ladi

09:31 / 21.02.2025
IMEI talabi Toshkent aeroportida navbatlarni yuzaga keltirdi. Bojxona qo‘mitasi izoh berdi

20:39 / 18.01.2025