Singapur O‘zbekistonda yangi megazavod qurilishiga 100 mln dollar investitsiya kiritadi
Singapur kompaniyasi Toshkent viloyatida un mahsulotlari, o‘simlik moylari va ozuqa ishlab chiqaradigan megazavod qurilishiga 100 million dollar investitsiya kiritadi.

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning Singapurdagi elchixonasi ko‘magida «Toshkent viloyatida megazavod va distribyutorlik xabini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi» imzolandi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Marosimda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda Singapurning Willmar International Limited kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Kuok Xun Xong ishtirok etdi.
Loyiha Toshkent viloyatida Willmar International Limited kompaniyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasi hisobiga qiymati 100 million dollar bo‘lgan un mahsulotlari, o‘simlik moylari va yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqaruvchi megazavodni qurishni nazarda tutadi. Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari joriy yilning birinchi yarmida yakunlanadi.
Singapur tomoniga ko‘ra, ushbu zavodning qurilishi O‘zbekistonni Willmar global ta’minot zanjiriga kiritish uchun strategik imkoniyat yaratadi. Distribyutor markazning rivojlanishi esa mamlakatni Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va boshqa mamlakatlar bozorlarining yirik mintaqaviy va global eksportchisiga aylantiradi.
Loyiha temiryo‘l, Toshkent halqa yo‘li va boshqa muhim kommunikatsiyalar yonida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Toshkent viloyati Surum qishlog‘ida 30 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sumi uchun qasos»: Ukrainaning Shuya va Kurskka zarbalari haqida
Jahon | 09:06
-
40 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi moddani olib kirmoqchi bo‘lganlar ushlandi
O‘zbekiston | 09:04
-
Tramp Ukraina bilan yerosti boyliklari bo‘yicha bitim imzolanishini e’lon qildi
Jahon | 08:40
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
Mavzuga oid

21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi

15:23 / 19.03.2025
AQShda humanoid robotlar o‘ziga o‘xshash mashinalarni yaratadigan zavod ochilmoqda

21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi

14:59 / 03.03.2025