Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim tadbirkorlarda soliq tekshiruvlari o‘tkazilmasligi belgilandi
“Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.
Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar uchun quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi:
- AAA toifadagi tadbirkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi, (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno) shuningdek, ushbu toifadagi tadbirkorlarga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kunda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi;
- 4- va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan AA va undan yuqori toifadagi tadbirkorlarga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi;
- A va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik sub’yektlariga:
- soliqlar bo‘yicha (QQS bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish 3 kunda amalga oshiriladi;
- tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi tatbiq etiladi.
2024 yil 1 apreldan tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.06.2026
25 yilda dunyoning eng boy davlatlari reytingi qanday o‘zgardi?
08:17 / 01.06.2026
Elektr energiyasiga talab oshib bormoqda: dunyo reytingi taqdim etildi
08:05 / 15.05.2026
Dunyodagi eng yirik portlar reytingi e’lon qilindi
08:17 / 11.05.2026