Jahon | 15:45 / 24.01.2024
2958
2 daqiqa o‘qiladi

NATO o‘q-dorilar yetkazib berish bo‘yicha milliard yevrolik shartnoma imzoladi

Nemis va fransuz qurol kompaniyalari 220 mingta snaryad ishlab chiqarishga buyurtma oldi. Dastlabki o‘q-dorilar ikki yildan so‘ng yetkazib beriladi.

Foto: Dursun Aydemir/Anadolu/picture alliance

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi fonida Shimoliy Atlantika alyansi nemis va fransuz ishlab chiqaruvchilari bilan 1,1 milliard yevrolik o‘q-dorilarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Germaniyaning Junghans Microtec va Fransiyaning Nexter Munitions qurol kompaniyasi NATO standarti - 155 millimetr kalibrli snaryadlarni yetkazib beradi, dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg 23 yanvar, seshanba kuni Bryusselda. Bunday kalibrli snaryadlar, xususan, fransuzlarning Caesar gaubitsalari va nemislarning Panzerhaubitze (PhZ) 2000 o‘ziyurar artilleriya moslamalari tomonidan qo‘llanadi. Ikkalasi ham NATO mamlakatlari tomonidan Rossiya hujumini qaytarish uchun Ukrainaga yetkazib berilgan.

Stoltenbergning ta’kidlashicha, o‘q-dorilar ham Ukrainaga jo‘natish, ham Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo mamlakatlarning bo‘sh arsenallarini to‘ldirish uchun kerak. Ishlab chiqaruvchilar bilan shartnoma NATOning qo‘llab-quvvatlash va xaridlar agentligi (NSPA) tomonidan imzolangan. Har ikki kompaniya 220 mingga yaqin snaryad ishlab chiqarishi kerak. Ularning dastlabkisi, NSPA direktori Steysi Kammings so‘zlariga ko‘ra, ikki yildan keyin chiqariladi. 

2024 yil boshida NSPA Germaniyaning COMLOG kompaniyasiga 1000 ta Patriot (GEM-T) yaxshilangan boshqaruviga ega zenit raketalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ushbu 5 milliard yevrolik kelishuv NSPA’ning eng yirik buyurtmalaridan biriga aylandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid