“2024 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Qonun loyihasiga köra, budjet daromadlari 270,3 trln söm, xarajatlari esa (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 279,6 trln söm miqdorida belgilangan. Taqçillik çegarasi –52,5 trln söm yoki YaIMga nisbatan 4 foiz.

2023 yilda olinadigan davlat taşqi qarzining çeklangan miqdori – 5 mlrd dollar. Şundan 2,5 milliardi davlat budjetini qöllab-quvvatlaşga, 2,5 milliardi investitsiya loyihalariga yönaltiriladi. Özbekiston Respublikasi nomidan 25 trln sömlik davlat qimmatli qoğozlari çiqarilişi közda tutilmoqda.

2024 yilda yalpi içki mahsulot 1 kvadrillion 301 trillion sömdan oşişi (1 301 759 trln söm) kutilmoqda. YaIM ösişi 2024 yilda 5,6-5,8 foiz, 2025 yilda 6,2 foiz, 2026 yilda 6,4 foiz bölişi prognoz qilinmoqda.

Hujjatga köra, 2024 yilda inflatsiya darajasi 8-10 foiz atrofida şakllanişi möljal qilinmoqda.

2024 yilda birinçi darajali budjet taqsimlovçilariga respublika budjetidan ajratiladigan mablağlar (qavs içida respublika budjetidan 2023 yilda ajratilgan mablağ körsatilgan):

1. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi — 46 trln 647 mlrd 414,5 mln söm (26,7 trln);

2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6 trln 130 mlrd 330 mln söm (6 trln);

3. Soğliqni saqlaş vazirligi — 4 trln 587 mlrd 244,7 mln söm (3,66 trln);

4. Madaniyat vazirligi — 1 trln 100 mlrd 445,3 mln söm (746 mlrd);

5. Yoşlar siyosati va sport vazirligi — 1 trln 768 mlrd 859,2 mln söm (1,219 trln);

6. Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi — 1 trln 795 mlrd 563,6 mln söm (1,273 trln);