Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Rossiyada 8000 dan ortiq ukrainaliklar asirlikda
Rossiya hujumi davrida 49 ta asir almashuvi amalga oshirilgan, dedi harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab vakili. O‘n minglab ukrainaliklar bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida.
Rossiya Federatsiyasida kamida 8 ming ukrainalik, shu jumladan tinch aholi hamon asirlikda, dedi harbiy asirlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab vakili Yuriy Taranyuk 24 yanvar, chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirligi huzuridagi inson huquqlari, gender tengligi va xilma-xillik bo‘yicha kengash yig‘ilishida. Taranyukning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hujumi davrida Moskva bilan 49 ta asirlar almashinuvi kelishilgan va amalga oshirilgan.
O‘n minglab odamlar bedarak yo‘qolgan
«Muvofiqlashtiruvchi shtabning maqsadi - Rossiya asirligidagi har bir shaxsni Ukrainaga qaytarish. Bu tinch aholiga ham, harbiy asirlarga ham taalluqlidir. Hozirgacha 49 ta almashinuv o‘tkazildi va 2828 kishi uyiga qaytarildi, shundan 2681 nafari - harbiy. 147 nafar tinch aholi ham qaytarildi. 8000 dan ortiq odam asirlikdadir. Shulardan 1600 dan ortig‘i - tinch aholi», - dedi Yuriy Taranyuk.
Uning qo‘shimcha qilishicha, muvofiqlashtirish shtabi janglarda bedarak yo‘qolgan o‘n minglab boshqa ukrainaliklarni qidirishda davom etmoqda. Shu bilan birga, Taranyuk bedarak yo‘qolganlarning aksariyati Rossiya asirligida ekanligiga ishonch bildirdi.
Ukraina va Rossiya o‘rtasida so‘nggi asirlar almashinuvi joriy yilning boshida bo‘lib o‘tgan. 3 yanvar kuni 230 nafar ukrainalik vataniga qaytdi. Bungacha asirlar almashinuvi faqat 2023 yilning avgustida amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025