Rossiyada «vagnerchilar» jangovar harakatlar faxriylari maqomini oladi
Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolamagan «vagnerchilar» faxriy maqomiga ega bo‘ladi. Vladimir Putin hukumatga 1 aprelgacha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritishni ta’minlashni topshirdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida RF mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzmagan ishtirokchilar jangovar faxriylar uchun mo‘ljallangan nafaqa va boshqa davlat yordamini oladi. Kreml saytida 25 yanvar kuni e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, prezident Vladimir Putin Rossiya hukumatiga 1 aprelgacha qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritishni topshirdi.
«Rossiya Federatsiyasi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga harbiy harakatlarda qatnashgan shaxslarga maxsus harbiy operatsiya paytida jarohat yoki kasallik olganini tasdiqlovchi hujjatlar asosida jangovar faxriy maqomini berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilsin», - deb ko‘rsatilgan buyruqda.
«Vagner» XHK yollanma askarlari
Rossiyaning Ukrainaga qarshi deyarli ikki yildan beri davom etayotgan urushi paytida «Vagner» XHKning ko‘plab yollanma askarlari mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolamagan. 14 dekabr kuni «to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot» paytida sobiq «vagnerchilar»dan biri prezidentga XHK ishtirokchilari tomonidan faxriy maqomini olish imkoniyati haqida savol berdi. Putin «vagnerchilar» boshqa barcha jangovar harakatlar ishtirokchilari kabi imtiyozlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega ekanini aytdi.
Ko‘plab qarindoshlari 2023 yilning yozida VK ijtimoiy tarmog‘ida «Zashchitniki otechestva» davlat jamg‘armasi guruhi izohlarida «Vagner» XHKning ko‘plab yollanma askarlariga jangovar faxriy guvohnomalari berilmayotgani haqida shikoyat qila boshladi. Ushbu hujjatsiz jangchilar davlat tomonidan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash, jumladan, kompleks tibbiy, psixologik va ijtimoiy reabilitatsiya, sanatoriy-kurortda davolanish va yuridik yordam olish huquqiga ega emas.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT bosh kotibi 2025 yildagi asosiy tahdidlarni sanadi
Jahon | 21:11 / 22.01.2025
-
G‘arbiy sohildagi qotilliklar, Isroil harbiylari iste’fosi va NATOdan madad kutayotgan Zelenskiy - kun dayjesti
Jahon | 12:28
-
Toshkentda kuchli dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh fosh etildi
Jamiyat | 12:20
-
O‘zbekiston hukumati a’zolari Donald Trampning inauguratsiyasini AQSh elchixonasida kuzatdi
O‘zbekiston | 12:04
Mavzuga oid
10:15
Rossiyaning Zaporijjyaga yangi raketa zarbasi: kamida 16 kishi yaralandi
23:41 / 22.01.2025
Chexiyada rossiyaliklarga fuqarolik berishni taqiqlovchi qonun ma’qullandi
21:40 / 22.01.2025
Tramp Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirdi
21:10 / 22.01.2025