Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 2024 yilda tarixdagi eng katta yangilanishni oladi
O‘zgarishlar sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq.
2024 yilda Apple kompaniyasi iOS 18 operatsion tizimini chiqaradi, bu iPhone tarixidagi eng katta yangilanish bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bloomberg muxbiri va taniqli insayder Mark Gurman ma’lum qildi.
Avvalo, iOS 18 o‘zgarishlari Siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Yangilangan ovozli yordamchi generativ sun’iy intellekt (SI) ko‘rinishidagi yangi yadroni oladi. Ushbu yangilikdan keyin Siri yanada foydaliroq va aqlliroq bo‘lishi kerak.
Generativ SI boshqa operatsion tizim xizmatlariga ham o‘rnatiladi. Hozircha Apple Music ulardan biri bo‘lishi ma’lum. Bunda SI qanday funksiyalar uchun javobgar bo‘lishi haqida xabar berilmagan.
IOS 18 tizimidagi yana bir katta yangilik Rich Communication Services (RCS) xabar almashish standartini qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi. RCS - bu SMS tizimining ilg‘or analogi bo‘lib, har bir xabar uchun belgilar chegarasiga ega emas, lekin multimedia almashinuviga imkon beradi va kontaktlar haqidagi metama’lumotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
iOS 18 tizimining beta-versiyasi 2024 yil yozida chiqishi kutilmoqda. Ommaviy versiya esa iPhone 16 taqdimoti vaqtida yoki undan ko‘p o‘tmay chiqariladi.
Mavzuga oid
21:51 / 08.07.2026
iPhone 18 Pro yangi kamera va akkumulyator tufayli sezilarli darajada qalinlashadi
08:55 / 06.07.2026
iPhone 18 Pro haqidagi maxfiy hujjatlar sizdirildi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:25 / 29.06.2026