Fuqaro pasporti yoki ID kartasini yöqotib qöyganda uni yangilaş uçun jarima miqdorini oşiriş böyiça Qonun loyihasi Qonunçilik palatasiga kiritilgan. Deputat Doniyor Ğaniyev bu jarima miqdorini oşiriş tugul, ma’muriy jarima qöllaşning özi notöğri ekanini aytmoqda. “Nega pasport yöqotgan fuqaroga huquqbuzar maqomi berilişi kerak?” – deya savol berişmoqda faollar.
Fuqarolarning biometrik pasporti, ID kartasi yoki xorijga çiqiş pasporti yöqolganda yoki muddati ötib ketgan holatda yangilaş uçun ma’muriy jarima belgilangan. Endilikda yöqotganlikni alohida ajratgan holda BHMning yarim barobari miqdoridagi jarimani 2 barobarga kötariş taklif qilinyapti.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş sohasini takomillaştirişga qaratilgan özgartirişlar kiritiş haqidagi qonun loyihasida şu norma közda tutilgan.
Qonun loyihasining muhokamasida iştirok etgan deputat Doniyor Ğaniyevning aytişiça, tölovning oşirilişi tugul, bu jarayonda fuqaroga ma’muriy jarima qöllaş – mantiqsizlik.
“Kötarişga asos nima özi? Asos qilib körsatişayotgan davlat rahbari imzolagan hujjatda [jarima miqdorini] körib çiqiş kerakligi aytilgan, kötariş kerak deyilmagan.
Joylarda ID kartani yangilaş uçun tölanadigan jarimani köpçilik odamlar jarima ekanini ham bilişmas ekan, şunçaki tölov deb bilişadi. Neçta holatda ma’muriy jarima bilan, neçta joyda ma’muriy jarimasiz yangilab berildi, degan savol bilan statistika söragan edim, hali berişgani yöq. Odamlardan olgan ma’lumotimga köra, har qanday holatda hujjatni yangilaş uçun pul tölanar ekan. Demak, bu yerda qandaydir manfaatlar bor, degan fikr keldi. Ikkinçi mantiqli savol ham bor: özi nega tölov qiliş kerak?
ID kartani oliş uçun tölov qilinadi, bu xizmat uçun böladi. Şu tölov qilingaç u ID karta qaysidir ma’noda fuqaroning şaxsiy mulkiga aylanadi. Töğri, pasportda davlat mulki deb yoziladi, ammo bu hujjat degani emas, balki fuqarolik statusiga nisbatan aytiladi, menimça. Ammo ID kartada bunday narsa yozilmagan. Şundan kelib çiqib savol tuğilyapti. Deylik, men uni yöqotib qöysam, nega jarima tölaşim kerak, işlab çiqariş xarajatlarini tölaganman-ku? Yana qayta oladigan bölsam, bu safar ham faqat işlab çiqariş xarajatlarini tölaşim kerak, bu töğri. Lekin nega bu ma’muriy huquqbuzarlik sifatida körilişi kerak?”–
















