Siz ham kollej, universitetdagi davringizda turli xil qiziqarli, ibratli, kulgili yoki oğriqli voqealarni boşdan keçirgan bölsangiz, hikoyalaringizni @talabakundaligi_bot manziliga yuboring. Tahririyat sizning şaxsingiz sir tutilişini ta’minlaydi.
1-hikoya. Yaşirinça taşib ketilgan rizq
Öşa kuni ovqat pulini tezroq tölaş haqidagi tanbehni eşitib, domlaning xonasidan çiqdim. Nima emiş, guruxda fakat Pirmamatov tölov qilmagan, şuning uçun majlisda direktor hammaning oldida domlani izza qilgan ekan. Özi beradigan ovqatlari perlovka bilan karam salat edi-yu, şu uçun 179 ming söm tölardik. Termiz olimpiya zaxiralari kollejini 2019 yilda tugatganman va öşa paytda bu pulning qiymati hozirgidan baland edi. Yolğon bölmasin, rostini ham aytay: kollejga tekşiruv kelgandagina talabalar palov, nöxat şörva, yoki bifşteks, yana qöşimçasiga banan, şokolad bilan e’zozlanişardi. Qolgan vaqt faqat perlovka va karam salat berişardi.
Bir kuni juda qiziq voqea böldi. Ovqat oliş uçun navbatda turgandik, yonimizdan 2 xodim qölida pöçoq solinadigan katta bidonning 2 quloğidan kötargança ötib ketdi. Idiş şunçalar kir ediki, unga pöçoq solib molga berişga ham odam xijolat bölardi. Şu payt boyagi xodimlardan birining oyoği sirpanib, bidon qölidan çiqib, içidagi narsalar soçilib ketdi. Bidon içida pöçoqlar bor deb öylayotgan bölsangiz kerak, biz ham şuni kutgandik. Lekin ne köz bilan köraylikki, yerda qaynatilgan tuxum, pomidor bodring va yana bir qança sara mahsulotlar yerga soçilib yotardi. Talabalar hammamiz nima bölganini tuşunmay qoldik, çunki yerdagi narsalarning bari toza, buzilmagan mahsulotlar edi. E, bu qanaqasi böldi, har kuni pöçoq niqobi ostida talabalar rizqi öğirlab ketilayotgandi-yu, biz bilmay yurganmidik yoki qöy-sigirlar tuxum-u, pomidor, bodring yeb yurganmidi?
2-hikoya. Ziqna senator kursdoş
Guruhimizda bir ziqna va pul desa joni çiqadigan kursdoşimiz bor edi. Hozir Oliy Majlisda senator. Talaba yigitlar stipendiya olgan kuni “erib”, qizlarga muzqaymoq olib berişardi. Lekin öşa ziqna kursdoşimizni “eritişning” heç iloji yöq edi. Bir kuni 2 qiz kursdoşimiz boyagi ziqnani ikki tomondan sudraşayotgani ustidan çiqib qoldim. Men hayron bölib turibman, kursdoş qizlar bölsa baqir-çaqir qilib, baribir muzqaymoq olib berasan, deb kursdoşimizni zinadan pastga tuşirişga, taşqariga olib çiqişga harakat qilişayotgandi. Şunda ziqna kursdoşimiz bir nafas töxtadi-da, gapirişga urindi.













