1-hikoya. Rektor siğmagan panjara
2017 yil Toşkentning Sayilgoh köçasida 8 tonnali oş damlangandi. Öşanda biz 1-bosqiçda öqirdik. Yordamga, yugur-yugurga deb yotoqxonada turadigan talabalarni ham yiğib yurişgandi. Ular qatoriga bizni ham qöşib olib ketişdi. Borsak, köp vazirlar, rektorlar, xullas, davlatning yuqori lavozimida işlaydiganlar rahbarlari bir yerga töplanişgan. Bizni rektorlar yiğilgan joyga olib borişdi, stol-stullar tuşirişga qaraşdik. Şunda bir qiziq voqea böldi. Öşanda Amir Temur xiyobonining oş qilinadigan hududlari panjara bilan örab olingan edi. Panjaraning oçiq joyigaça ança masofa bölgani uçun, rektorlar panjaradan sakrab ötişlariga töğri keldi.
Şunda bir ozğinroq rektor panjaradan sakrab, biz tomonga ötdi. Keyingi rektor semizroq bölgani uçun özini kötarib sakrolmadi. Ğalati va noqulay vaziyat yuzaga keldi. Biz oxiri nima bölarkin deb kulib kuzatib turibmiz. Şu payt bir xodim qölida “bolgarka” kötarib kelib qoldi. Panjaralarni kesib, rektor siğadigan joy oçdi. Rektor biz tomonga ötib olgaç, panjarani yana qayta birpasda payvandlab taşlaşdi. Oğzimiz oçilib qoldi. Şu voqeani körib, istak bölsa, har qanaqa muammoni şunçalik tez hal qiliş mumkin ekan-da, deb öylaganmiz.
2-hikoya. Begona yigitning qölini uşlab olgan qiz
Guliston davlat universitetida öqiganman. Birinçi bosqiçdagi ilk sessiyalarimizdan biri edi. Hayajon kuçli. Qolaversa, imtihon uçun sportzalda kompyuterlar joylaştirilgan. Hamma imtihonlar şu yerda ötkazilar edi. Guruhlar fan öqituvçilari bilan borişar va qaçon navbat kelsa, imtihon boşlanardi. Talabalar bir-biridan yordam ololmasligi uçun guruhlar aralaştirib, sportzal böylab tarqatib çiqilgandi. Biz ham dugonam bilan sportzal oldida kompyuterlar böşaşini kutayotgandik. Navbatda köpçilik turibdi. Şularni yorib ötib, tezroq testni yeçib, uyga ketişimiz kerak edi. Çunki bir kun oldin rosa navbat kutib, keçqurungaça qolib ketgandik. Testdan bir neçta talaba çiqdi. Örniga darrov biz kirişga harakat qildik. Tezroq kiraylik deb dugonamning qölini uşladim-da, uni tortib bir amallab sportzalga kirib oldik. Kirib bölgaç, dugonamning qöli boşqaçaroq ekanini his qildim. Qarasam, bir gavdali bolaning qölini uşlab turibman. U menga qarab kulib turibdi. Dugonam zal eşigi yonida qolib ketgan. Haligi bolaning kursdoşlari ham eşik yonida ekan, kulib yuborişdi. Şundan keyin universitetda öşa bola bilan töqnaş kelib qolsak, kulgi kötariladigan böldi. U bola ham “qandaysiz dugon?” deb ötardi. Kursdoşlarim ham 4 yil ustimdan kulib yurişgan.
3-hikoya. Azroildan qönğiroq
Bu voqea talabalikda emas, abituriyentlikda sodir bölgan. Litseyda öqir edim, guruhimiz rosa inoq edi, kunimiz mayda-çuyda hazil-huzullar, yakşanba kunlari esa futbol bilan ötardi. Rosti özi şöx bola emasman, ammo ba’zida hazillar qilib turgim kelardi. Madina (şartli ism) ismli kursdoşim bor edi. Juda odobli, sodda qiz edi. Bir kuni matematikadan töplam masalalarini yeçayotganimda kalkulyator kerak bölib qoldi. Madinadan telefonini sörab turdim. Masalani hisoblab, telefonini berişdan oldin hazillaşgim kelib qoldi. Kontaktlar röyxatiga kirib, özimni izladim, Şohrux (şartli ism) kursdoş deb yozilgan ekan. Ismimni öçirdim-da, örniga katta xarflar bilan AZROIL deb yozib, heç narsa bölmagandek telefonini qaytarib berdim. Şu bilan darslar tugadi, hamma uyiga ketdi.













