1-hikoya. Bekatga yozilgan “oçlik xati”
– Nukus davlat pedagogiga institutida tahsil olganman. 2007 yil uçinçi kursligimizda paxtani yagana qilişga Şumanay tumaniga jönatişdi. Ertalab 6:00 dan dalaga çiqarişdi. Nonuşta ham berişmadi. Ana olib kelişadi, mana olib kelişadi, deb soat 13:00 gaça kutamiz hamki, haligaça ovqatdan darak yöq. Kutdik, kutdik, oçlik jonimizdan ötib ketdi. Şunda xayolimga bir fikr keldi. Biz işlayotgan dala katta yölning böyida edi. Yölning qarama-qarşisida bekat bor edi. Şu bekatga katta qilib “BIZ OÇMIZ (BIZLeR AŞPYZ)” deb yozib, dalaga qaratib strelka çizib qöydim. Oradan ozroq vaqt ötib, dala yonida maşinalar yiğilib ketdi. Bilsak, öşa paytdagi tuman hokimi R.Razzoqov korteji yöldan ötayotib yozuvni öqib qolgan. Keyin töxtab, hammani yiğib, tanbeh bergan. Voqeadan biroz ötib hammaning qornini töydirişgan edi. Lekin bekatga kim yozganini aniqlaşolmagan. Xususan, mendan umuman şubha qilişmagan. Çunki men özbek guruhida öqirdim. Yozuv esa qoraqalpoq tilida edi.
2-hikoya. Orzusini qurbon qilgan talaba
– Andijon davlat tibbiyot institutining törtinçi kursida öqirdim. Neyroxirurgiya fanini yaxşi öqiganim, rus tilini yaxşi bilganim uçun domlamiz menga ilmiy iş qilib, şu kafedrada qolişni taklif qilib qoldi. Rosti, juda quvondim. Axir bu 30 yil oldin ham hazilakam taklif emas edi-da. Buni ota-onamga ham darhol aytdim. Ular ham quvonişdi. Taklifni jon deb qabul qildim. Fanga bölgan qiziqişim kundan kunga ortib borar edi. Ilmiy iş qiliş, fanga yangilik kiritiş, şu bilan bemorlar joniga oro kirişga astoydil harakat qilar edim. Xullas, orzularim osmon qadar edi. Şu fan darslari tugaş arafasida haligi domla meni yoniga çaqirib, gap boşlab qoldi. “Agar institutni tugatgunça va undan keyin ham kafedrada ilm bilan şuğullanişga qiziqişing bölsa, kafedra mudiri bilan gaplaşib, seni olib qolişga harakat qilaman. Faqat mudirga şogird tuşişning tölovi bor”, dedi. Buni eşitgaç, tarvuzim qöltiğimdan tuşib ketdi, ilmiy iş qilişga bölgan qiziqişim umuman söndi. Şu voqea sabab ilmiy iş qiliş fikridan qaytdim, institutni tugatgandan söng faqat boşqaruv tizimida işladim. Keyin bilsam kafedra mudiri umuman moddiy manfaatdorlik haqida öylamaydigan, halol-pok inson bölgan-u, pul söraş neyroxirurgiya fani domlasining şaxsiy taşabbusi bölgan ekan.
Bu bilan talabalarga orzularingiz uçun kuraşing, hayotingizga adolatsizliklar köp böladi, lekin taslim bölmang, demoqçiman. Men ham öşanda domlani yaxşiroq suriştirganimda, orzularimdan voz keçmaganimda bugun köplarning soğayişiga sabab bölişim mumkin edi.
3-hikoya. Taniş-biliş aralaştirmaslikka qasam içtirgan domla













