P.S: Talabalik davringizda turli xil qiziqarli, ibratli, kulgili yoki oğriqli voqealarni boşdan keçirganmisiz? Bu haqda boşqalarga ham aytib berişni xohlaysizmi? Kun.uzʼning "Talaba kundaligi" rukni aynan siz uçun.

Hikoyani @talabakundaligi_bot manziliga yuboring. Tahririyat sizning şaxsingiz sir tutilişini ta’minlaydi.

1-hikoya. Gulli şort kiygan bola

Texnologiyaga oid yönalişda öqiganimiz uçun guruhimizda bir dona qiz bor edi. Köp yigitlar unga havas qilişardi: biri gul tutgan, biri şe’r yozgan, yana u uçun muştlaşgan edi. Şunday ötayotgan kunlarning birida guruhimiz bilan ikki haftalik amaliyotga çiqdik. Tabiiyki, u qiz ham biz bilan edi. Amaliyotning birinçi kuni hamma pörim kiyingan, galstuklar taqilgan, soçlar teskarisiga taralgan, sepilgan atirlarning hidi dimoğga uradi.

Xullas, amaliyot tugadi, hamma uyiga ketiş uçun bekatda transport kutayotgan edi. Şu payt bir yaxşi maşinadan gulli şorti kiygan, soqollari betartib ösgan bir bola tuşdi-da, guruhimizdagi yagona qizni maşinasiga solib olib ketdi. Keyin bilsak, yigit 4-kursda öqiyotgan talaba ekan. Oşiq kursdoşlarimizning boşiga çaqmoq urilgandek böldi. Naçora, hayot davom etardi. Lekin bizga bir narsa ayon böldiki, gulli şorti bilan ham köngil ovlaş mumkin ekan. Öşa kuni köpçilik katta hayotga ilk qadam qöydi.

2-hikoya: Pul olmagan yomon domla

1-bosqiç talabalariga ixtisoslik fanidan dars berardim. Talabalar ham darsda faol, men ham ularning “yonib” turişidan quvonib, har gal öziga xos tarzda amaliy va seminar darslarini zör zavq bilan ötib borardim. Semestr yakunlandi. Deyarli barçasiga yakuniy nazorat topşirişga ruxsat etiladigan ballarini qöyib berdim. Yakuniy nazorat ötdi. Ularni tekşirib, ballarini qöyayotgan paytimda birdan xonamning eşigi taqillab qoldi. Eşikdan guruh sardori qölida bir daftar bilan kirib keldi va iltimos, oling ustoz, deya qölidagi daftarni menga uzatdi. Daftarga razm soldim, içida nimadir bor edi. Nima bu, dedim. Ustoz, oz bölsa ham guruh talabalariga yordam bering, çin köngildan beryapmiz, deb boyagi daftarni stolim ustiga qöydi. Buni ol-da, tezda töğrilab kel, dedim. U esa şoşilib çiqib ketdi va 10-15 daqiqadan keyin daftarni “semirtirib” keldi. Içida talabalar röyxati va baholar yozilganini aytib, daftarni qoldirmoqçi böldi.

Röyxat va baholar yozilgan varaqni olib, sen bu sehrli daftarning içidagilarni egalariga qaytarib ber, men şundoq ham yordam beraman, deya guruh sardorini kuzatib qöydim. Nima qilişni bilmay boşim qotdi. Baholar yozilgan röyxatni oçib qaradim: darsga kelgan ham, topşiriqlarni topşirgan ham, darsga ora-çora kelib, topşiriqlarni topşirmaganlardan ham teng miqdorda pul yiğilgan ekan. Juda qiynaldim. Nimadir qilişim kerak edi. Va nihoyat, röyxatdagi 17 talabaning hammasini qayta topşirişga akademik qarzdor etib qoldirişga qaror qildim. Mana, 3 yildirki, öşa talabalar qayta topşira olmay yurişibdi. Men esa talabalar uçun hamon yomon domla sifatida işlab yuribman.