1-hikoya: “Soxta sertifikat”ni qabul qilgan Yale universiteti
2023 yil universitetni bitirdim. Öqiş davomida baholarimning 90 foizga yaqini a’lo bölgani uçun turli xil xalqaro tanlovlarda qatnaşib yurardim. Uçinçi bosqiçni tugatayotganimda nomdor stipendiyalardan biriga hujjat topşirmoqçi böldim. Ilmiy rahbarim kerakli hujjatlar röyxatini berdi. Ularni tayyorlab topşirdim. Şu orada prorektor yoniga çaqirib, stipendiya olişni istasam, ma’lum bir tölovni qilişim kerakligini aytdi. Tabiiyki, men rozi bölmadim. Çunki yutuqlarim, muvaffaqiyatlarim boşqa nomzodlar bilan bellaşa olişiga işongandim.
Qolaversa, menda IELTS sertifikati ham bor, qatnaşayotganlarning köpida esa bu yöq edi. Bir kuni meni çaqirib, til sertifikatim soxta bölib çiqqanini aytişdi. Töğrisi, juda hayratga tuşdim. Axir uni neça yillab tayyorlanib qölga kiritganman, qanday soxta bölsin?! Taşkilotçilar bilan tortişmadim, jim ketdim. Faqat ilmiy rahbarimning menga bölgan işonçi yöqoldi, diplom işimni ham juda uzoq vaqt körib berişni istamay, ortga surib yurdi. Şundan keyin bir neçta xorijiy davlatlarga magistratura uçun hujjat topşirdim. 4 ta universitet grant ajratadigan böldi. Heç biri menga sertifikating soxta demadi. Hozir öşa “soxta” sertifikat bilan AQŞning Yale universitetida öqiyapman, bu yerdagi rasmlarimdan menga işonmagan ilmiy rahbarimga ham orada jönatib turaman.
2-hikoya. Çekişga majburlangan talabalar
Men harbiy xizmatdan keyin öqişga 5-6 yil keçroq kirdim va xuddi men kabi harbiy xizmatni ötagan yigit bilan kursdoş böldim. 2-kursdan döstim yotoqxonada nazoratçi böldi, men esa unga unga yordamçi böldim. U paytlarda yotoqxona koridorlarida kameralar yöq edi. Barça masalalar Talabalar kengaşi raisligida hal qilinardi. Yotoqxonada xuddi kazarmadagidek tizim yölga qöyilgandi. Tartib juda qattiq. Bir kuni dars payti yotoqxonada nazoratçi bölgan döstim xonaga şoşilib kirdi-da, kimda 1 dona sigaret topiladi, deb sörab qoldi. Butun xona jimib qoldi. Lekin kursdoşlarimizning köpi çekardi. Sigaretni döstimdan bir domla söragan ekan. Çunki döstim çekmasdi.
Keçqurun sigaret söralganda jim qolgan bolalar jami 15 kişi Ma’naviyat xonasida töplandi. Örtaga 6 quti sigaret qöyilib, şu çekib tugatilmasa, xonadan çiqiş taqiqlandi va hatto kiriş eşiklariga odam qöyildi. Çekuvçi bolalarga bu gap yoqib tuşdi. Çekiş boşlandi. Xona tutunga tölgan, çekmaydiganlar kiyimini yeçib, burnini yopib olgandi. Şunça çekilsa ham sigaretning oxiri körinavermagaç, ba’zilar 2-3 tadan çekişni boşladi. Xullas, qutilar tugatilgaç, bolalarga xonadan çiqişiga ruxsat berildi. Eşiklar oçilganda koridor böylab qayt qilişga yugurayotgan bolalar közga taşlanardi. Öşandan keyin köp kursdoşlarimiz çekmaydigan, lekin şunday bölsa ham yonida buzilmagan 1 quti sigaret bilan olib yuradigan bölgandi.













