Jamiyat | 16:32 / 31.01.2024
9851
1 daqiqa o‘qiladi

“Prava”siz Damas boshqargan yigit Nexia-2ʼning yonib ketishiga sabab bo‘ldi

U chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib, o‘z yo‘lidan kelayotgan Nexia-2ʼga urilgan.

Jizzax shahrida Damas va Nexia-2 mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 29 yanvar kuni sodir bo‘lgan.

Jizzax shahri O‘ratepalik mahallasi hududida ikkita ko‘cha kesishmasida Damas va Nexia-2 o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-2ʼda yong‘in boshlanib, ko‘p o‘tmay mashina butunlay yonib ketgan.

Dastlabki surishtiruvda Damas boshqaruvida bo‘lgan 22 yoshli yigit hali haydovchilik guvohnomasi olmagani va u svetoforning qizil chirog‘ida o‘tib kelib, Nexia-2 bilan to‘qnashgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, Nexia-2 mashinasining haydovchisi va yo‘lovchilariga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ulardan biri shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jizzax shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев

Mavzuga oid