Toşkentdagi quriliş, ekologiya hamda transport bilan boğliq muammolarni keltirib çiqaradigan asosiy sabablardan biri şaharning hanuzgaça boş rejasizligi. Bu mening emas, balki köplab ekolog, şaharsozlarning fikri.
Xöş, özi boş reja nima uçun şu qadar muhim? Ayni vaqt poytaxtda yeçilmay qolayotgan qanday infratuzilmaviy muammolar mavjud? Bu borada nimalar qiliş zarur? Mavzu atrofidagi dolzarb masalalarni muhokama qiliş uçun Kun.uz şaharsoz Temur Ahmedov bilan suhbatlaşdi.
– Şu kunlarda havo ifloslanişi, ekologiyadagi muammolar tanalarda kuçliroq his qilingani, közga yaqqol taşlangani uçun uning fonidagi muammolar yaqqol körinib qoldi. Ya’ni quriliş, transport... Şu jumladan Toşkent şahrining hanuz boş rejasizligi ham. Özi boş reja nima va u şaharga nima uçun kerak? Şuni tuşuntirib bersangiz.
– Şaharlar tarixiga qarasangiz, ming yoki 2-3 ming yil ilgari böladimi, boş reja doim qilingan. Himoya qiladigan devorlari bilan qal’a qurasizmi yoki podşohning saroyini joylaştirasizmi – bularning hammasi oldin reja qilingan. Butun dunyo tarixiga qarasangiz, doim qandaydir reja bölgan, şu asosda köçalar, kim qayerda yaşaydi, suv va oziq-ovqat qayerdan keladi – bularning barçasi ham boş rejada bölgan.
Hozir şahrimiz juda katta bölib ketdi, aholi 3,5 mln nafardan oşdi. Bunday şahar rejasiz rivojlanişga imkoniyati yöq, busiz katta zarar köriladi. Har bir boş reja kamida bir avlod yoki 30 yil keyingi yillarni hisobga olişi kerak. Ya’ni hozirgi yaşab kelayotgan yoşlar ulğayib, oila qurişi, ularning farzandlari qayerga maktabga borişi, maktabni bitirişi, keyin işga borişi – şularning hammasini öylab qaraş kerak. Umuman olganda, kamida bir avlodning şaharda qanday yaşaşi rejada aks etişi lozim. Yaxşi bino qurilganda ham kamida 100 yillik holati öylab quriladi. Ya’ni bu bino keyingi 3 avlodning talablarini bajara oladigan bölişi kerak.
Özbekistonda sönggi 20-30 yilda qança ösiş va özgariş böldi. Keyingi 30 yilda texnologiya, transport kabi sohalarda qança özgarişlar böladi? Bir öylab qaraganda, buni oldindan biliş qiyin. Lekin şahar odamlar uçun şaroit yaratişi kerak. Keyingi avlod vakillari qanday yaşaşi, farzandini qanday qilib maktabga olib borişi, transport bölsa, u qanday rivojlanadi, şu kabi jihatlar oldindan öylab çiqilişi kerak.
Toşkentda 1966-yillarda yer qimirlaşi bölganidan keyin şu işlarning amalga oşişi boşlangandi. Öşa vaqtlarda ataylab böş yerlar qoldirilgandi. Hozir köp qurilişlar ataylab qoldirilgan yerlarda bölgan. “Şu yerda aholi soni oşadi, biz qöşimça binolar quramiz şu vaqtda, qöşimça maktab quriladi”, deb qoldirilgandi. Boş reja bölmagani uçun maktab örinlari uçun qoldirilgan böş yerlarga köp qavatli uylar qurilgan. Şuning uçun ham hozirda maktablar yetmayapti. Iqtisodiyot, soğliq, xavfsizlik, avtohalokatlar va hatto jinoyatlar [ning köpayişi ham] boş rejaga boğliq.
















