Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda belgilanmagan joyda qurilish chiqindilarini to‘plagan fuqaro jarimaga tortildi
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Labzak mahallasi 57A-uy oldida belgilanmagan joyga qurilish chiqindilari to‘plangani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganilgan. Qurilish chiqindilari fuqaro X.A. tomonidan to‘plangani aniqlangan.
Fuqaro X.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 680 ming so‘m jarima belgilangan.
Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Mavzuga oid
09:15
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026
O‘zbekistonda xavfli chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi
17:57 / 16.04.2026
Chorvoqda chiqindilar noqonuniy tashlanishiga qarshi kameralar o‘rnatilmoqda
15:16 / 13.04.2026