Özbekistonning toğ bağrida joylaşgan eksklav hududi – Şohimardon va Yordon qişloğida 7 mingga yaqin aholi yaşaydi.  Yordon aholisi çorvaçilik va dehqonçilik bilan şuğullanadi. Deyarli har bir yordonlikning toğ bağrida boği, qörasida eçkisi, qoramol va qöyi bor.

Oila bekasi Dilrabo Rasulova qişloq hayoti haqida sözlab berdi:

Dilrabo Rasulova

“Beş farzandim bor, törtta qiz va bir öğil. Ikki qizimizni turmuşga berganmiz. Çorvaçilik, dehqonçilik bilan şuğullanamiz. Bahor-yoz oylarida kartoşka, jöxori va boşqa turli sabzavotlar ekamiz. Hamma narsa – unimizdan tortib göştgaça özimizdan çiqadi.

Sut-qatiqdan ham daromad olamiz. Çorvaning hamma turidan bor, qöy, eçki, sigir, ot kabilar. Eçkilarni asosan göşti, suti uçun boqamiz. Turmuş örtoğim bozor kunlari Vodil bozorida kartoşka sotadi. Dehqonçilikni ot, eşak yordamida qilamiz. Qöçqor boqib sotib kam-köstimizga, töylarga işlatamiz.

Aprel oylarida eçkilar tuğadi, uloqlari öt yeydigan bölganda soğişni boşlaymiz. Eçki sutidan qurut qilamiz. Eçki toğ giyohlarini yegani uçun suti juda foydali böladi.

Ulov sifatida otdan foydalanamiz. Qizlarim ham, öğlim ham ot minadi. Navrözdan keyin sigirlarni toğga qöyib yuboraman, soğin sigirlarim uyda bolasi qolgani uçun ertalab çiqib keçga qaytib keladi. Qolgan mollar uyga kelmay, oktyabr oyigaça toğda yuraveradi özlari.

Eçki sutidan bölgan qurutlarni bankaga yopib qöyamiz, köpinça röza oylarida sörab kelişadi. Bunday qurutlarni suvga qöşib qaynatib içsa, töq tutadi, quvvat böladi. Qurutlarni asosan turistlar sotib oladi”, deydi oila bekasi.