Xöş, possovet makonidagi aholi soni ötgan davrda qanday özgardi? Kun.uz oçiq statistik ma’lumotlarga murojaat qildi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari
Qozoğiston. Qozoğiston aholisi 1991 yilda 16,8 mln kişini taşkil etgan. Mustaqillikning dastlabki yillarida bu körsatkiç deyarli özgarmadi va 1994 yildan to 2002 yilgaça aholi soni sezilarli darajada qisqarib bordi va 2001 yil yakunlari böyiça 14,8 mln nafarga tuşib qoldi. Bu asosan mamlakatdan köp sonli ruslar, nemislar, çeçenlar va boşqa millatlar köçib ketgani bilan ham izohlanadi. Şundan söng mamlakat aholisi kiçik farq bilan bölsa-da ösa boşladi va 2023 yilning yakuniga kelib 20 mlndan oşdi.
Tojikiston. Tojikiston possovet respublikalari orasida aholi soni ösişi böyiça 1-örinda turadi. Xususan, 1991 yilda Tojikiston aholisi 5,3 mln bölgan bölsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga köra, 10 milliondan oşdi.
Turkmaniston va Qirğiziston. 1991 yil SSSR tarqab ketişi arafasida Qirğiziston aholisi 4,4 mlnni, Turkmaniston aholisi esa 3,7 mln kişini taşkil qilgan. Markaziy Osiyoning boşqa respublikalari kabi Qirğiziston va Turkmanistonda ham aholi soni köpaygan va mos ravişda har ikkala mamlakatda 7 mln va 6,3 mlndan oşgan.
P.S: Turkmaniston aholi soni böyiça rasmiy ma’lumotlar oçiqlanmaydi, köp manbalarda mamlakatda aholi soni 6,3 mln nafardan oşgani keltiriladi.
1960-2023 yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida aholi sonining özgarişi (mln kişi hisobida)

Şarqiy Yevropa mamlakatlari
SSSR parçalangan paytda Rossiyada 148,3 mln, Ukrainada 51,6 mln, Belarusda 10,2 mln, Moldovada 4,4 mln aholi bölgan. Ammo keyingi yillarda uşbu mamlakatlarning barçasida aholi soni sezilarli darajada qisqarib bordi. Xususan, Rossiyada 1996 yildan 2009 yilgaça (148,4 mlndan 141,9 mln nafargaça), Belarusda 1993 yildan 2013 yilgaça (10,1 mlndan 9,4 mln nafargaça) aholi doimiy ravişda kamayib borgan. Keyingi yillarda esa bu körsatkiç turli yillar kesimida özgarib bordi.
Ukrainada 1994 yildan to hozirgi kungaça (51,7 mlndan 41 mln nafargaça), Moldovada esa 1992 yildan hozirga qadar (4,4 mlndan 2,5 mlngaça) aholi sonining qisqarişi davom etmoqda.

















