15:25 / 15.02.2024
12789

Sharqiy frontda himoyalanayotgan jangchilar va frontdan qaytgan texnikalarni ta’mirlayotgan ustalar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 721-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina qurolli kuchlari Qora dengizda Rossiyaning «Tsezar Kunikov» yirik desant kemasi cho‘ktirib yuborilgani haqida ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi bu ma’lumot yuzasidan izoh bermadi.
  • Vladimir Putin armiya haqida «feyk» tarqatganlik uchun qamalganlarning mulkini musodara etish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi.
  • Rossiya IIV sobiq futbolchi va bloger Yevgeniy Savinga («KraSava») qidiruv e’lon qildi. 2023 yil sentabrida «Ostorojno, novosti» telegram-kanali Rossiya armiyasini takroran «obro‘sizlantirganlik» uchun Savinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandi .
  • Jo Bayden Donald Trampning u «Rossiyani NATO davlatlariga hujum qilishi uchun rag‘batlantirish» bilan tahdid qilgani haqidagi so‘zlarini «sharmandalik» va «aksilamerika» bayonot deb atadi.
  • Ukraina qurolli kuchlarining yangi bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Kupyansk va Avdiyivka yo‘nalishlarida «favqulodda murakkab holat» yuzaga kelganini ma’lum qildi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya qo‘shini shaxsiy tarkib borasida katta ustunlikka ega va yo‘qotishlar bilan hisoblashmasdan «to‘p yemi shturmlari»ni davom ettirmoqda.
  • RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov OAVda Putin vositachilar orqali Ukrainadagi mojaroni muzlatish bo‘yicha taklif yuborgani haqidagi xabarlarni «noto‘g‘ri» deb atadi.

Kiyevda gul sotuvchisi

Kiyevda sevishganlar kunida bozori chaqqon gul sotuvchisi
Kirill Chubotin / Ukrinform / ABACAPRESS.COM / Scanpix / LETA

Ukraina qurolli kuchlarining Kupyansk atrofidagi yangi mudofaa chizig‘i

Ukrainalik harbiylar Rossiyaning yurishini sekinlashtirish uchun 2023 yil kuzida Xarkiv oblastida yangi mudofaa chizig‘ini barpo etishga kirishgandi. Volodimir Zelenskiy uni butun Ukrainadagi «eng kuchlisi» deb atagan. Mudofaa chizig‘i temir-beton boshpanalar, «ajdaho tishlari», tanklarga qarshi chuqurliklar, blindajlar va boshqa mudofaa qurilmalaridan tarkib topgan.

Scott Peterson / Getty Images
Ukraina qurolli kuchlarining Kupyansk yaqinidagi mudofaa chizig‘idagi xandaqlar
Scott Peterson / Getty Images
Scott Peterson / Getty Images
Scott Peterson / Getty Images
Kupyansk yaqinidagi Petropavlovka qishlog‘ida xavfsiz joyga o‘tayotgan ukrain harbiysi
Scott Peterson / Getty Images

Ukraina zirhli texnikalarini ta’mirlash jarayoni 

Ukrainalik harbiylar oldingi chiziqdan Ukraina shimoliy qismiga (aynan qayerligi aniq emas) ta’mirlash uchun olib kelingan tankdan maskirovka to‘rini yechmoqda.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari mexanigi jangovar texnikani ta’mirlamoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik mexanik ta’mirlash jarayonidan oldin o‘ziyurar gaubitsani ko‘zdan kechirmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina QK o‘ziyurar gaubitsasining gusenitsalari
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top