O‘zbekiston | 18:17 / 18.02.2024
14283
3 daqiqa o‘qiladi

19 fevral kuni ham ba’zi joylarda qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Kun.uz

«O‘zgidromet» 19 fevral, dushanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–5 daraja, kunduzi 0...+2 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –11...–16 daraja; Xorazm viloyatida –6...–11 daraja, kunduzi 0...–5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi –3...+2 daraja; cho‘l hududlarda kechasi –11...–16 daraja, kunduzi –2...–7 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi,. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi –3...+2 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi –8...–13 daraja, kunduzi –4...+9 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid