Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatar O‘zbekistonda muqobil energetika bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi ko‘magida energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov va Al Mirqab Capital kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, veb-uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida Qatar tomoniga O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi manbalardan keng foydalanish va mazkur sohada loyihalarni amalga oshirish uchun yaratib berilgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
Uchrashuv doirasida Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qatar kompaniyasining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgan holda elektr stansiyalarni barpo etish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Muloqot yakunida Al Mirqab Capital kompaniyasiga taklif etilgan loyihalarni amalga oshirish ishlarini boshlash hamda tegishli kelishuvlarni imzolash maqsadida Qatar vakillarining O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:49 / 25.06.2026
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026