Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda soxta hujjatlar orqali xususiy universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda A.B. ismli shaxs fuqaro G.S.ning ishonchiga kirib, unga qo‘shni Qozog‘iston tibbiyot oliygohida o‘qiyotgani to‘g‘risida soxta hujjatlar rasmiylashtirib berib, keyinchalik Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga o‘qishini ko‘chirib berishi evaziga 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda U.X. ismli shaxs fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning o‘qishini Qirg‘iziston oliygohidan Toshkent shahridagi xususiy universitetlardan biriga ko‘chirib berishi evaziga 1 000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
13:52 / 01.05.2026
Sirdaryoda norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotinini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
18:05 / 30.03.2026