— Uruşning ikkinçi yilida jang maydonlari va front çiziqlarida qanday asosiy özgarişlar sodir böldi?

Farhod Tolipov: — Biz harbiy tahlilçilar emasmiz, şuning uçun front çiziqlaridagi vaziyatni aytiş qiyin. Ikki yillik uruşni darajalarga bölib, tahlil qiliş kerak deb öylayman. Qanday uruş ketyapti, oqibatlari qanday böladi, degan savolga 3 darajali tahlil bilan javob bergan bölardim. Tor ma’noda faqat Rossiya va Ukraina uruşi, degan yondaşuv bittasi; uruşning possovet hududida oqibatlari qanday böladi, Rossiyaning imperiyaçilik siyosati, degan yondaşuv ikkinçi yondaşuv; butun dunyoga, Yevropaga ta’siri kabilar uçinçi darajasi. Yondaşuv ham bu tahlilda, albatta.

Biz faqat front çiziği böyiça tahlil qilsak ham, tor yondaşuv böladi. Jang maydonining özi uruş degani emas, uruş tuşunçasi kengroq. Öziga yaraşa murakkab jarayon, front çiziqlari siljib turibdi. Yuqorida aytgan darajalarimiz böyiça ham xulosa qiliş mumkin. Rossiya tomoni ham mana darajalarni hisobga olib harakat qilayotgan, rejalar qilayotgan bölişi mumkin.

Oybek Sirojov: — Uruş davrini şartli ravişda 4 bosqiçga bölmoqçi edim: uruş boşlangan fevral oyi oxirlaridan martgaça bölgan davr, bu paytda Rossiya qöli baland keldi; aprel oyidan yanvargaça qarşi hujum böldi, yöqotilgan hududlarning ma’lum qismi qaytarib olindi; 2023 yil yanvardan boşlab Rossiya Ukrainaning asosiy infratuzilmalariga zarba berib buriliş yasaşga harakat qildi, ammo iş bermadi va şu vaqtda Ukrainada qarşi hujumga tayyorlaniş boşlandi, iyulda boşlangan qarşi hujum oktyabrgaça davom etib, kutilgan natija bermadi; oktyabr oyi oxiridan boşlab yana Rossiya hujumga öta boşladi, 2024 yil fevralga kelib natijalar ham böldi.

Umumiy jarayondagi qiziq bir tendensiyaga guvoh böliş mumkin. Birinçisi, kim hujum qilayotgan bölsa, öşa tomon köproq yöqotişlarga uçrayapti. Ikkinçisi, Ukraina qarşi hujumga tayyorgarlik paytida köp vaqt yöqotdi, bu orada Rossiya front çiziqlarini mustahkamlab oldi.

— Bu konfliktning global xalqaro munosabatlarga, ayniqsa Ğarb va Rossiya örtasidagi aloqalarga körsatgan ta’sirlari qanday böldi?

Kamoliddin Rabbimov: — AQŞ manbalari Rossiya Ukrainaga bostirib kirmoqçi deganda, YeIdagi köplab davlatlar bunga işonmadi va inkor qildi. Şunday bir vaziyatda Ukrainaga bostirib kirilgaç kollektiv Ğarb, dunyo hamjamiyati şok holatiga tuşdi, possovet hududi davlatlari ham. Keyingi davrda NATO içkarisida inqiroz sekinlik bilan kengayib borayotgan edi, çunki NATOni birlaştiruvçi yagona duşman obrazi mavjud emasdi. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, rasmiy Pekin bu Rossiyaning strategik xatosi böldi, NATOning qayta birlaşuviga, AQŞning YeIga qaytişiga sabab böldi, degan fikrni aytdi. Pekin bundan norozi böldi, tabiiyki. Çunki bunday geosiyosiy özgarişlar bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Bu haqiqatan kollektiv Ğarb birlaşuviga sabab böldi.

2 yil içida geosiyosiy kayfiyat, harbiy strategik vaziyat ikki tomonga çayqalib turibdi. Uruş boşlanganda dunyo ekspertlari Ukraina uzoq çidolmaydi, dedi. Lekin bir oy ötgaç, köpçilik hayratlandi, dunyoning ikkinçi harbiy qudrati bölmiş Rossiya özi aytganday Ukrainani bosib ololmadi, bosib olingan yerlarning ham yarmini saqlab qoldi faqat. Hozirgi vaziyatdagi uruş pozitsiyalar uruşi, kim hujum qilsa öşa tomon köproq yöqotişga duç keladi. Uruş juda çözilib ketdi. Tarixdan bilamizki, uruş boşlaş oson, lekin töxtatiş qiyin, bir tomonning taşabbusi bilan bölmaydi. Har qanday uruş yangi bir konsensus şakllantiradi. Agar Putin uruşni töxtatsa, taslim bölganini, ğalabalarni qölda saqlab qololmasligini tan olişi kerak. Natijada Rossiya har doim uruşda yengilgaç, hokimiyat yoki siyosiy tizim yiqilgan. Ukraina uçun bu tanlov uruşi emas, çunki u öz yerini, davlatçiligini himoya qilyapti.

— Xalqaro hamjamiyatning sanksiyalari va boşqa çoralari qançalik samarali böldi?

Farhod Tolipov: — Sanksiyalar izsiz ketmaydi, ta’sir qiladi. Sanksiyalar boşlanganda Rossiyaning özidagi iqtisodçilar ham xavotirli prognozlar qila boşladi. 2022 yil ötdi, keyingi 2023 yilda endi katta yöqotişlar böladi, degan prognozlar böldi, lekin bu safar ham katta yöqotişlar bölmadi. Endi esa bu borada ham turli qaraşlar paydo böla boşladi, sanksiyalar iş beryaptimi, degan savollar ham qöyila boşlandi.

Putinning Karlsonga bergan intervyusiga qaraydigan bölsak, Rossiya iqtisodi ösişga ham erişgan, Yevropada birinçi iqtisodga ham aylangan emiş. Ziddiyatli ma’lumotlar. Rossiya sanksiyalarni his qilmadi, deyiş notöğri böladi, ta’siri bölgan. Sanksiyalar töxtagandan keyin ham özini tiklaşi qiyin. Sanksiyalarni çetlab ötişga harakat qilişi ham bu sanksiyalar ta’sir qilayotganini bildiradi. Bir vaqtlar özi yordam bergan Şimoliy Koreya, Eronga muhtojlik sezyapti, demak, sanksiyalar ta’sir qilyapti, deyiş mumkin.

Oybek Sirojov: — Sanksiyalar ta’sir qildi, lekin kutilgan natija bermadi. Birinçi navbatda sanksiyalar sabab Rossiyada içki beqarorlikni şakllantirib, xalq uruşga qarşi çiqişi, ikkinçidan esa uruşni moliyalaştiriş qiyinlaşişi kerak edi. Ammo bu ikki holat ham bölmadi. Öz örnida Rossiya hukumatining mohirona siyosatini e’tirof etiş kerak böladi, Ğarb sanksiyalariga javob qaytardi öz vaqtida. Ikkinçi tomondan esa Rossiyaning katta resurslarga ega ekani ham inobatga olinmadi sanksiyalar e’lon qilinganda. Rossiya bilan umumiy uruşlarni kuzatsak, ularda öziga xos şovinistik ruh bor. Mana şu ruhni hozirgi hukumat uyğota oldi, natijada Rossiya xalqi ham birlaşyapti.

— Uruşni boşlaşdan maqsad Ukrainaning NATOga qöşilişining oldini oliş va qurolsizlantiriş edi. Ammo Finlandiya va Şvetsiya NATOga qöşildi bu orada. Şu vaziyatga fikringiz qanday?

Oybek Sirojov: — Uruş boşlanişida qurolsizlantiriş va natsizmni tozalaş maqsad qilib qöyilgandi. Bu natija bermadi, boşqa davlatlar yordam berdi, qurol-yaroğ bilan ta’minladi. Şunday holatda boşqa çorasini köriş kerak edi. Rossiya va Ukraina uruşi jang maydonida hal bölmaydi, balki qaysi davlatning siyosiy elitasi, xalqi şu qiyinçiliklarga bardoş berolsa, öşa tomon ğalaba qilişi mumkin.

Şvetsiya, Finlandiyaning NATOga kirişi bilan ba’zi strategik yutqazişlar böldi. Lekin boşqa bir tomondan Ukrainaning NATOga kirişi masalasi yopildi, kirişi murakkab. Ayni şu masalada boşqa possovet davlatlari Gurjiston, Moldaviya masalasi ham yopildi. Possovet hududi Rossiya uçun Finlandiya va Şvetsiyadan muhimroq.

Kamoliddin Rabbimov: — Karlsonga bergan intervyusida Putin keyingi yillarda Rossiya YaIM Yevropa davlatlari içida birinçi öringa çiqdi, dedi. YaIMni ölçaşning ikki yöli bor. Birinçisi nominal, Qrim anneksiya qilingunga qadar bir barrel neft taxminan 100-120 dollar edi va Rossiya katta daromad olardi. 2014-2015 yillarda Rossiya YaIM 2 trln dollardan oşardi. Ikkinçi ölçov sotib oliş qobiliyati bilan. Rossiyadagi 1 dollar bilan AQŞdagi 1 dollarning sotib oliş qimmatida katta farq bor. Rossiyada sanksiyalar sabab rubl inflatsiyasi bor, dollar qadri oşgan. Mana şu dollardagi sotib oliş qobiliyatiga köra birinçi iqtisodiyot deyilyapti, lekin bu xalqning turmuş tarzi oşdi, degani emas, xalqning sotib oliş qobiliyati ança pasaydi.

Uruşning asosiy qismi propaganda, sanksiyalar sabab iqtisodiy qiyinçilikka tuşdik, desa, yengilgan böladi. Putinning oldida kuçli iqtisodçilar bor. Iqtisodni liberallarga topşirib qöyibdi, sanksiyalarga esa aqlli javob qaytaryapti.

Farhod Tolipov: — Yaqinda Braziliyada G20 davlatlari sammiti böldi. Unda Rossiyaga nisbatan sanksiyalar masalasiga ham töxtalişdi va bir neçta iştirokçilar kattaroq sanksiyalar qöllaş kerakligini aytib ötdi.

— Uruşning kelajagini körib çiqqan holda, NATO va Rossiya örtasidagi ziddiyatlar qanday rivojlanişi mumkin?

Kamoliddin Rabbimov: — Rossiya-Ukraina uruşi boşlanganida taxminan yarim yil-bir yil davomida Rossiya ança tuşkun kayfiyatda böldi, çunki Ukraina bosib olingan yerlarning yarmini qaytarib oldi. Rossiya hokimiyatiga yaqin şaxslar kerak bölsa Rossiya yadro qurolini işlatişi mumkin deb eslab turdi. Hozir ham vaqti-vaqti bilan eslanadi. NATOning Ukrainani qöllaşda asosiy ehtiyotkorligi Rossiyaning yadroviy salohiyati. Rossiyani qattiq tahqirlaş yoki qörqitib yuboriş yadro xavfini yuzaga keltirişi mumkin. Uruş boşlanganda rossiyalik ekspertlar Kiyev atrofiga taktik yadroviy bomba taşlasak, taslim bölişar deb köp aytişdi.

YeIda Rossiyani ta’bir qilib bölmaydi, degan konsensus şakllanib bölgan. Putin Karlsonga biz heç kimga hujum qilmaymiz, dedi, lekin bunga heç kim işonmaydi, oldinam şunday degan. Finlandiyaga nisbatan ham oldin e’tirozimiz yöq edi, NATOga qöşildi, endi javob beramiz, degan gapni aytdi. Putin Ukraina kompaniyasini öz foydasiga hal qilib uruşni tugatsa, bundan keyin ham uruşsiz ötirolmaydi. Çunki 150 mln xalqi bor Rossiyada uruş jarayoni töxtasa, içkarida sarhisob boşlanadi: nimaga erişdik, qança odam öldi kabi. Bu esa Putin siyosiy tizimiga unça ma’qul kelmaydi.

Oybek Sirojov: — Rossiya va NATO munosabatlarida qizil çiziq bor, ya’ni Rossiya tomonidan yadro quroli işlatilmaydi, NATO esa töğridan-töğri qöşilmaydi. Kim nima yutdi, degan savol ham bor. Yuqorida aytilgandek, inqiroz yoqasidagi NATO qayta birlaşdi, uni moliyalaştiriş borasidagi e’tirozli masalalar butunlay kun tartibidan çiqarildi. Kengayadigan ham böldi NATO. Rossiyaning yutgani esa Ukrainaning NATOga kirişi masalasi kun tartibidan çiqdi, possovet hududidagi boşqa davlatlar ham.

Boşqa davlatga uruş oçoladimi, deydigan bölsak. Rossiya imkoniyatlari keskin çegaralandi 2 yillik uruş davomida. Yana bir front oçiş imkoni yöq. Sönggi vaqtlarda muzokaralarga ham harakat qilyapti. Bundan taşqari, boşqa imkoniyatlar ham izlayapti, sönggi haftada kosmosga yadro quroli joylaştiriş masalasi muhokama qilindi. 20 fevral kuni Şoygu ham intervyusida şu masalani kötardi. Bu ham öziga xos signal, savdolaşiş ketyapti. Evaziga nima söralişi söroq ostida, balki qurol yetkazişni töxtatiş söralar. Bu propaganda bölişi ham mumkin.

Farhod Tolipov: — Moldaviya, Gurjistonda NATOga a’zo böliş masalasi olib taşlandi, degan fikrga qöşilmaydi, çunki bunday xabarlar, işoralar yöq. Moldaviya ma’muriyati YeI va NATOga kiriş istagini tinimsiz bildirib kelyapti. Ukrainaning a’zo bölişi masalasi ham uruş tugagandan keyin körib çiqilişi aytilyapti, neytral bölib qolişi kabi variantlar aytilmayapti. NATOning yangi konsepsiyasida Rossiyani duşman davlat sifatida belgilaşdi, NATO boş kotibi Ukrainaga yordam berişni tezlaştiriş kerak, deyapti. Ya’ni NATOning pozitsiyalari qat’iy. Yaqin orada NATO tarixida bölmagan kölamda harbiy maşğulotlar ötkazdi. Şunday ekan, NATO Rossiya bilan böladigan ehtimoiy uruşga tayyorgarlik barobarida öz qudratini körsatdi.

NATO va Rossiya örtasida bilvosita uruş ketyapti desak ham böladi ma’lum ma’noda. Hozirgi uruş faqatgina Ukraina va Rossiya örtasida bölganda boşqaça tugagan bölardi. Agar Ukraina mağlub bölsa, Rossiya Yevropaga tahdid soladi, deyapti va Ukraina masalasi, uni NATOga qöşiş dolzarbligiça qoladi. Braziliyadagi G20 sammitida ham bu boradagi gaplar oçiq aytildi.

Kamoliddin Rabbimov: — Myunhen konferensiyasida ham Germaniya tomoni Ukrainaga yordam beriş kun tartibidan tuşmasligi kerak, dedi. Ğarbda şunday tafakkur şakllandiki, Afğoniston kompaniyasidan keyin Ukrainada ham yutqazsa, geosiyosiy fojia böladi bu. Çunki qolgan avtoritar davlatlar boş kötaradi, Xitoy Tayvanni olib qöyadi, Ğarbning obrösi tuşib ketadi, strategik yutqaziş böladi. Öylaymanki, Ukrainaga yordam yana köpayadi.

Oybek Sirojov: — AQŞdagi saylovlarning ham ta’siri bor, lekin şu bilan birga AQŞ öz maqsadlariga erişdi. Ya’ni butun Yevropa bozorini gaz bilan ta’minlaşda AQŞ roli oşdi, Rossiya bu bozordan çiqib ketdi. AQŞning qurol işlab çiqariş kompaniyalari ham misli körilmagan foyda kördi. Yevropa ham, AQŞ ham beradigan yordamlarni berib böldi, bundan bu yoğiga kuçliroq qurollar beriş mumkin, lekin bu vaziyatni murakkablaştirib yuboradi. Ikkinçi yöl esa harbiy sanoatni rivojlantiriş, lekin bu ijtimoiy muammolarni keltirib çiqaradi. Ğarb mana şunday dilemma oldida turibdi. Keyingi vaqtda bayonotlar köp bölyapti, lekin amaliy harakatlar kam bölyapti.

— Ukraina mojarosidan söng, Rossiyaning sobiq SSR hududlariga nisbatan harakatlari qanday bölişi mumkin?

Oybek Sirojov: — Bosim böladi possovet hududlariga, menimça. Rossiya siyosiy elitasida hozirgi uruşning oldini olişimiz mumkin edi, öz vaqtida e’tibor bermadik, Ğarb xohlaganini qildi u yerda, boşqa davlatlarga nisbatan şu xatoni qilmasligimiz kerak, degan tuşunça bor. Rossiyada possovet hududidagi davlatlarga bosim ötkaziş yöllari işlab çiqilgan. Masalan, bizga nisbatan migrantlarni kötaradi, Tojikistonga nisbatan harbiy baza, «Tolibon» xavfi, Qozoğistonga nisbatan çegara muammolari va boşqalar. Bu yoğiga Rossiyaning bu tendensiyasi kuçayib boradi. 2 yillik uruş davomida Ukraina qöli baland kelayotganda bu masalalar pasaygan, ammo Rossiya taşabbusni olgaç yana kuçaygan.

Kamoliddin Rabbimov: — Putin hokimiyatdan ketgaç ham Rossiyadagi imperiyaçilik kayfiyati saqlanib qoladi qaysidir şaklda. Rossiyalik siyosatşunoslar aytadiki, Rossiya sönayotgan davlat: demografik qisqaryapti, iqtisodiy uluşi, geosiyosiy uluşi qisqaryapti. Şuning uçun ham Rossiya possovet hududini öz atrofida integratsiya qilişni maqsad qilib qöygan. Possovet hududida Rossiyaning 2 ta katta loyihasi bor: Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va KXŞT. Lekin bularning içida ham fundamental ziddiyatlar bor, masalan Rossiya va Qozoğiston munosabatlari. Agar biz bu taşkilotlarga kirsak, qaytadan Rossiya bilan töqnaşiş, qaytadan zöriqişni keltirib çiqaradi. Markaziy Osiyoga ta’siri zaiflaşişini istamaydi Rossiya. Sönggi 6-7 yil içida Markaziy Osiyoda birinçi marta geosiyosiy hamjihatlik bor. Mintaqa davlatlari global maydonda özini sub’yekt sifatida körişni istaydi va Rossiyaga nisbatan hamjihatlik bor.

— Uruşning kelgusidagi istiqbollari qanday va qaysi omillar bu holatga ta’sir qilişi mumkin?

Farhod Tolipov: — Suhbat boşida 3 ta daraja haqida gapirdim. Uruş yillari va oldinroq ham Rossiya siyosati döstdan duşman yasaş böyiça master klass ötadigan darajaga çiqdi. Sabab bölmagan holatda ham qöşnilariga şubha bilan qarab, Ğarb bilan birlaşyapti deb tamğa bosib, qöpol ravişda çiqişlar qilişdi. Qarab çiqilsa, Rossiya tomonidan tahdidli gap aytilmagan possovet hududidagi davlatlar qolmadi özi. Armanistonga nisbatan ham şunday Ukrainaning kuni boşiga tuşadi, degan ma’noda gap böldi yaqinda. Smolin, Prelipinga öxşaganlar bizga ham tahdidli gap aytdi, qöşib oliş kerak, dedi. Biz doim Rossiya bilan yaxşi hamkorlik olib boryapmiz, lekin şunday yaxşi munosabatda ham şunday tahdidlar bölyapti. Döstni duşmanga aylantiriş böyiça saboq beradigan darajada Rossiya.

Hozir Ukrainada boşqa possovet hududidagi davlatlarning ham taqdiri hal bölyapti, deyiş mumkin. Bir vaqtlar Sovet ittifoqi parçalangan bölsa, bugun MDH taşkiloti ham parçalanişi mumkin, deb taxmin qilsak böladi. Possovet hududi davlatlarida Rossiyaga nisbatan norozilik kayfiyati bor. MDH asosçi davlatlaridan biri Ukrainada uruş bölyapti, lekin MDH sammitlarida uruş haqida bir söz bölgani yöq. Demak, MDH ham zaif taşkilot ekan, parçalanişi mumkin, degan xulosalar qiliş mumkin.

Xalqaro tizimda ham uruş yakuni islohotlarga olib kelişi mumkin, masalan, BMT islohotlari. Bu mavzu ham alohida tahlil qilişga arziydi. Yadroviy qurol taqdiri nima böladi endi? Bu qurol uşlab turiş, tiyib turiş quroli deyilar edi, uruş boşlaş uçun emas. Ammo Rossiya siyosatçilari bu bilan tahdid ham qilişyapti. Endi xavfsizlik falsafasi ham özgardi. Şuning uçun uruş yakunlangaç, yadroviy qurol masalasi kötariladi, deb öylayman.

Oybek Sirojov: — Biz uçun Özbekiston, Markaziy Osiyo manfaatlari muhim hisoblanadi. Ikkinçi jihat esa uruşga ta’sir qiluvçi omillar masalasi: taşqi va içki omillar deb öylayman. Taşqi omillar Ğarbning qöllovi bölsa, içki omil esa yana ham muhimroq. Bir ma’lumot öqib qoldim, 2022 yil mart oyidan 2023 iyungaça Rossiya hududidan 59 ta samolyot noqonuniy olib çiqilgan. Şu samolyotdan 3 tasi uruşda qatnaşgan. Ya’ni Rossiyada ham, Ukrainada ham korrupsiya muammosi bor. Ğarbning Ukrainaga e’tirozi ham korrupsiya masalasida bölyapti. Ya’ni içki omil şu, hukumat korrupsiyaga qarşi qançalik kuraşa oladi, degan masala. Bu uruş borişiga va natijalariga jiddiy ta’sir qiladi.

NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.