Pillani yetishtirish va ipakchilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • pillachilik va ipakchilik sohalarida bozor munosabatlari va halol raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan, tadbirkorlikni boshlashi va faoliyatini yuritishida shaffof qoidalarini qo‘llash orqali mavjud ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etgan holda ishlab chiqarish zanjirining barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar va imtiyozlar tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • pillani yetishtirish va ipakchilik sohasida mavjud ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etgan holda erkin biznes muhitini hamda tadbirkorlarning tarmoqqa kirishi va faoliyat yuritishi uchun oshkora qoidalarni qo‘llash orqali teng imkoniyatlar va ishlab chiqarish zanjiri barcha ishtirokchilari uchun manfaatli tizim yaratish;
  • mamlakat ichkarisida ochiq pilla bozorini tashkil etish, pillani bozor narxlarida sotilishini tashkil etish orqali fermerlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni pilla yetishtirishga jalb etish;
  • ipak qurtining mahalliy zotlarini yaratishni rag‘batlantirish, pilla yetishtiruvchilarni kafolatli ravishda sifatli ipak qurti bilan ta’minlash hamda ipak qurti ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilar mas’uliyatini oshirish;
  • sifatli ipak ishlab chiqarish, uni qayta ishlash darajasini oshirish va qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
  • pilla yetishtirish va ipakni qayta ishlash jarayonlariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini keng joriy qilish.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi etib qayta nomlanadi.

Qo‘mitaning quyidagi vazifa va funksiyalari, ya’ni: 
 
a) yaylovlarni rivojlantirish, shu jumladan ularning qat’iy hisobini yuritish, yaylovlardan samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish – Qishloq xo‘jaligi vazirligiga;
b) qorako‘lchilikni rivojlantirish, mol bosh sonini ko‘paytirish, qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga;
v) qorako‘lchilik sohasining teri va jun sanoati yo‘nalishi bo‘yicha davlat boshqaruviga oid vazifalar – Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘tkaziladi.