Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi Rossiyaning uruşga qarşi qömitasini «nomaqbul taşkilot» deb tan oldi, dedi 22 yanvar, duşanba kuni taşkilot ustidan şikoyat qilgan Davlat dumasi deputati Andrey Lugovoy.
Lugovoy boş prokuror birinçi örinbosari Anatoliy Razinkinning javobini e’lon qildi, unda 11 yanvar kuni uruşga qarşi qömita «istalmagan» deb tan olingani aytiladi. Bu haqda avvalroq xabar berilmagan va u «nomaqbul» taşkilotlar reyestrida ham yöq.
Hujjatdan körinib turibdiki, Russian antiwar comittee («Rossiyaning uruşga qarşi qömitasi») bilan bir qatorda, uning «assotsiatsiyalangan a’zolari» - Fransiyaning Russie-Libertes va Ispaniyaning La Asocicion de Rusos Libres «nomaqbul» deb hisoblanadi.
Andrey Lugovoy Mixail Xodorkovskiyni «Rossiyaning uruşga qarşi qömitasi»ning yaratuvçisi deb ataydi va öz veb-saytida körsatilgan qömitaning faoliyatini sanab ötdi. «Rossiya harakat qömitasi», «Ozod Rossiya kongressi», «Birinçi parvoz», «Reviziya» va «Tong» - bularning barçasi uruş qurbonlari, qoçqinlar va muhojirlarga gumanitar yordam körsatiş bilan şuğullanadi.
Andrey Lugovoy kim?
Moskva oliy harbiy qömondonlik bilim yurti bitiruvçisi (1987 yilda) Andrey Lugovoy, özi aytganidek, SSSR Davlat xavfsizlik qömitasining sobiq zobiti. Britaniya sudi uni 2006 yil noyabr oyida Londonda sodir etilgan ğarbga qoçib ketgan sobiq FSB zobiti Aleksandr Litvinenko öldirilişining ehtimoliy aybdori deb topdi. Litvinenko FSB körsatmasi bilan Andrey Lugovoy va uning şerigi Dmitriy Kovtun tomonidan zaharlangan, deyiladi uşbu jinoyatni tergov qilgan sudya Robert Ouenning hisobotida. Lugovoy Ouenning xulosalarini absurd deb atadi. Öz navbatida, uşbu işni körib çiqqan inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Lugovoy va Kovtunni «Rossiya davlatining agentlari sifatida işlagan» deb topdi.
«Uruşga qarşi qömita» uruş qurbonlariga yordam beradi
Rossiyaning uruşga qarşi qömitasi 2022 yil 27 fevralda, Ukrainada uruş boşlanganidan köp ötmay, bir guruh rossiyalik jamoat arboblari va faollari tomonidan taşkil etilgan jamoat taşkilotidir. Qömita saytida ta’kidlanganidek, loyihaning maqsadi «uşbu qonli uruşga qarşilik körsatiş, umumiy pozitsiyani işlab çiqiş, odamlarga öz sa’y-harakatlarini muvofiqlaştirişga yordam beriş va tajovuzkorlik tufayli yuzaga kelgan köplab muammolarni hal qiliş»dir.
Rossiyada «nomaqbul taşkilotlar» faoliyati taqiqlangan. Fuqarolarga ular bilan hamkorlik qiliş, ularning tadbirlarida qatnaşiş va materiallarni tarqatiş man etiladi. Bularning barçasi ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bölişi mumkin.












