Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik investorlar O‘zbekiston telekommunikatsiya sohasiga sarmoya kiritmoqchi
O‘zbekiston elchixonasida Britaniyaning Stephen Simeon Limited kompaniyasi direktori Biyi Oloko bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Foto: «Dunyo» AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida Biyi Oloko O‘zbekistonga so‘nggi yillar ichida bir necha bor tashrif buyurganini bildirdi hamda ayni paytda respublikada telekommunikatsiyalar sohasida olib borilayotgan islohotlar va investitsion muhitning barqarorligi unda loyihalarni amalga oshirish istagini uyg‘otganini ma’lum qildi.
Biyi Oloko mamlakatda faoliyat olib borayotgan mobil aloqa minoralarini xususiylashtirish hisobiga aloqa bozorida yangi tijorat tizimini yaratish istagida hamda bu loyihaga 10 million dollar sarmoya kiritishga tayyor.
Muzokaralar yakunida Britaniya tomoni 18-20 mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Offshore Outsourcing Tour tadbirida hamda 2 may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashish istagini bildirdi.
Mavzuga oid
18:06 / 25.11.2025
O‘zbekistonlik elektriklar Britaniyaga ishga taklif qilinyapti. Oylik maosh 4400 dollar
10:01 / 07.11.2025
O‘zbekiston-Britaniya: sanoatga integratsiyalashgan ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
08:14 / 31.10.2025
Britaniya qiroli Charlz III ukasini shahzoda unvonidan mahrum qildi
14:39 / 11.10.2025