Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:55 / 01.03.2024
16771
5 daqiqa o‘qiladi
Baxmut va Avdiyivka. Ikki shahar ham Rossiya qo‘shini nazoratiga o‘tgan - ammo ularning atrofida janglar tinmayapti
Ukrainada urushning 736-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Pentagon rahbari Lloyd Ostin «agar Ukraina yutqazsa, Rossiya bilan NATO jang qilishi»ni aytdi. Dmitriy Peskov uning bu so‘zlarini «haddan tashqari mas’uliyatsizlik» deb atadi.
- Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina RF qo‘shini yozda mudofaani yorib o‘tishidan xavfsiramoqda. Ukrain razvedkasi baholariga ko‘ra, Putin hamon Kiyevni egallashni istaydi.
- Putin Federal kengashga murojaat qildi. U Rossiya hududiga hujum va yadro qurolli qo‘llangan mojaro yuzaga keladigan taqdirda, G‘arbga zarba berilishi bilan tahdid qildi.
- Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy Avdiyivka yo‘nalishidagi komandirlarning hisob-kitoblaridagi «xatolik» «mudofaa barqarorligi»ga ta’sir ko‘rsatgani haqida aytdi.
- Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Rossiya ukrainlarning 2023 yilgi qarshi hujumi tafsilotlaridan u boshlanishidan oldinroq ma’lumotga ega bo‘lgani haqida gapirdi.
- Ukraina qurolli kuchlari bir kun ichida rossiyaliklarning uchta Su-34 bombardimonchisi urib tushirilgani, hafta boshidan buyon jami beshta samolyot yo‘q qilingani haqida ma’lumot berdi. RF mudofaa vazirligi izoh bermagan.
- Ukraina qurolli kuchlari Maxsus operatsiyalar kuchlarining 73-dengiz guruhi harbiylari topshiriqni bajarish vaqtida halok bo‘lgani haqida xabar berdi. Ukrain harbiylari qayerda va qanday topshiriq bajargani, qancha odam halok bo‘lganiga oydinlik kiritilmagan. RF mudofaa vazirligi Xerson oblastida 25 nafar «ukrain diversant» o‘ldirilganini ma’lum qildi.
- Yoqutistonda Ukrainadagi urush ishtirokchisi Viktor Savvinov ikki kishini o‘ldirishda gumonlanib qo‘lga olindi. Qurbonlar orasida — «Rossiyaning eng yaxshi o‘qituvchisi» tanlovi g‘olibi ham bor.
Tongni Avdiyivka yaqinida qarshilagan ukrain askari
Narciso Contreras / Anadolu Agency / Getty Images
Ukrain qo‘shinining Baxmut yaqinidagi pozitsiyasi
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlarining Baxmut yaqinidagi tibbiyot punkti
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ddp / Vida Press
Tibbiyot kollejida Putinning murojaati
Foto: Avliyo Luki nomidagi Engels tibbiyot kollej
Mavzuga oid
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
13:45 / 05.12.2025
Kipr: Ukraina YeI Kengashiga raislik davrida ustuvor yo‘nalish bo‘ladi
09:21 / 05.12.2025