O‘zbekiston | 20:07 / 01.03.2024
4313
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada Ai-80 benzinini «qo‘lda» qimmat narxda sotayotganlar ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati

Farg‘ona viloyatida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini «qo‘lda» qimmat narxda sotish holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan. 

26 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida Ai-80 markali benzin yonilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelgan. Ulardan jami 5 626 litr benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid