Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lvivda tayyorlanayotgan dronlar va Odessadagi vayrongarchiliklar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 739-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Odessadagi turar joy binosiga rossiyaliklar droni zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 kishiga yetdi, qurbonlar orasida besh bola ham bor.
- Rossiya mudofaa vazirligi 3 martga o‘tar kechasi Qrim ustida 38 ta dron urib tushirilgani haqida xabar berdi. Ukraina tomoni buni izohlamagan.
- Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiyga armiyada kadrlar o‘zgarishi bo‘yicha kart-blansh taqdim etdi.
- RF inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova Il-76 halokati vaqtida halok bo‘lgan ukrain harbiy asirlarining jasadlari «yaqin vaqtlar ichida» Ukrainaga qaytarilishini ma’lum qildi.
- Donetsk oblastining Mirnograd va Pokrovsk shaharlarida RF armiyasining raketa zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi.
- Donetsk oblastining Kuraxovo shahriga aviazarba yo‘llanishi oqibatida tinch aholi vakillaridan 16 nafari yaralangan.
Odessa rossiyaliklar droni hujumidan keyin
2 martga o‘tar kechasi rossiyaliklar droni Odessadagi ko‘p kvartirali uyga borib urildi: 3 mart kuni kechqurun berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 kishi zarba qurboni bo‘lgan, shundan besh nafari — bolalar. Quyida ushbu hujumdan keyin voqea joyida ish olib borgan ishchilar va qutqaruvchilar aks etgan.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA
Avdiyivka yaqinidagi Kuraxovo shahridagi vayrongarchilik
Kuraxovo — Donetsk oblastida rus qo‘shini fevral oyi o‘rtalarida to‘liq egallab olgan Avdiyivkadan 35 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan shahar. So‘nggi bir necha oy davomida shiddatli janglar kechgan Avdiyivkaga yaqinligi tufayli Kuraxovo ham otishmalardan jiddiy jabrlangan. 3 mart kuni RF armiyasining shaharga hujumi oqibatida tinch aholi vakillaridan 16 kishi yaralandi.
Chasiv Yar yaqinida ukrainlar tanki
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Lvivda dronlar ishlab chiqarilishi
Chris McGrath / Getty Images
Chris McGrath / Getty Images
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026